O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Navoiy viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi o'ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Viloyat Hokimiyatining tegishli bo'limlari, joylardagi davlat boshqaruv organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan hamkorliqda O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, Kadrdar tayyorlash milliy dasturi, maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi;
ta'lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy o'rta ta'lim davlat standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg'or pedagogik tajribalarning tadbiq etilishini ta'minlaydi; ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qa'iy nazar, umumta'lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini nazorat qiladi;
maktabgacha ta'limning, shu jumladan, bolalarni oila sharoitida tarbiyalashning samarali ruhiy-pedagogik uslublarini izlab topish va joriy etishni amalga oshiradi; o'quvchilar bilan maktabdan tashqari ishlarni, jumladan bolalar turizmi, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;
bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi; ta'lim muassasalarini o'quv dasturlari, rejalari, ko'rgazmali o'quv qo'llanmalari, o'quv jihozlari va texnik uskunalari, uslubiy qo'llanma va adabiyotlari bilan ta'minlash bo'yicha ish olib boradi;
umumta'lim maktablarining kutubxona zahirasini darsliklar, o'quv va badiiy adabiyotlar bilan boyitish hamda ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalanish borasida tegishli ishlarni amalga oshiradi;
maktab-internatlarda, mehribonlik uylarida va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ovqatlantirishning tashkil etilishi ustidan nazorat yuritadi;
ota-ona qarovidan mahrum bo'lgan bolalarni homiylik va vasiylik. tashkilotlariga biriktirishda ko'maklashadi;
to'liq davlat ta'minoti asosida, etim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo'lgan bolalarni davlat va nodavlat ta'lim muassasalari ta'minotiga olish, o'qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va ta'minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoyy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta'minotini, tibbiy xizmat ko'rsatilishini va sog'lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablar tarmog'ini rivojlantiradi;
o'sib kelayotgan avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g'oyalariga, xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini ta'minlaydi;
Viloyat ta'lim muassasalarining ota-onalar, oilalar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg'armalar bilan ijodiy faol, O'zbekistan mustaqilligi g'oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo'shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo'yicha o'zaro yaqin hamkorlikni amalga oshiradi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to'laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o'smirlar uchun maktabdan tashqari va o'quv-tarbiya muassasalari tarmog'ini rivojlantiradi, o'sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog'lom hordig'ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va isteododini har tomonlama rivojlantirishni ta'minlovchi muassasalar komplekslarini rivojlantiradi;
tasarrufidagi viloyat ta'lim muassasalari Nizomlarini tasdiqlaydi;
tasarrufidagi ta'lim muassasalariga ularda pulli (asosiy ta'lim dasturlarida nazarda tutilmagan) ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimini rivojlantirish yuzasidan yordam beradi;
Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda bolalar, o'quvchilar va pedagoglarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;
ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni faol o'rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi;
ta'lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya daryo va mashgulotlarining doimiy takommllashtirib borilishini ta'minlaydi, viloyat maktablari sport musobaqalarini, yosh turistlar slyotlarini, texnik ijodkorlik ko'riklarini, maktab olimpiadalarini hamda o'quv-tarbiyaviy yo'nalishdagi boshqa tadbirlarni o'rnatilgan tartibda o'tkazadi; belgilangan tartibda maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari ta'limning muhim masalalari bo'yicha yig'ilishlar chaqiradi;
tasarrufidagi ta'lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshiradi; pedagog xodimlarni mehnatda yuqori ko'rsatkichlari, o'quvchi yoshlarni o'qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda takdim etadi;
vasiylik kengashlari faoliyatining tashkil etilishiga va ular bilan umumta'lim maktablari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni ta'minlashga ko'maklashadi;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining faoliyatiga, shuningdek, akademik liseylar va kollejlarning umumta'lim maktablari to'qqizinchi sinf bitiruvchilari bilan ta'minlanishiga ko'maklashadi;
fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hamda to'g'ri ko'rib chiqilishini ta'minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bo'layotgan omillarni bartaraf etishga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
 
Ma'muriyat bilan bog'lanish

Bank rekvizitlari:
Bank: Toshkent shahar markaziy bank hisob-kitob kassa markazi bosh boshqarmasi.
INN: 201122919
MFO: 00014
H/R: 234 020 003 001 000 010 10

Boshqarma rekvizitlari:
INN: 200006469
OKONX: 9740
ShHR: 100021860124017096300075001