"DO'STLIK SPARTAKIADASI" SPORT MUSOBAQALARI O'TKAZILDI

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentyabr kuni "Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalariga bag'ishlangan yig'ilishdagi ustuvor vazifalar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2018 yil 20 noyabrdagi 08/1-2945-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida sportning mini-futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka va badminton turlari bo'yicha viloyatdagi barcha korxona hamda tashkilot ishchi-xodimlari o'rtasida   "Do'stlik spartakiadasi” sport musobaqalarining final bosqichlari bo'lib o'tdi.
2018 yilning 4-6 dekabr kunlari Navoiy shahridagi "Kimyogar” sport majmuasida mini-futbol musobaqasi o'tkazildi.
Joriy yil 6 dekabr kuni Navoiy shahridagi "So'g'diyona” sport saroyida stol tennisi, "Yoshlar markazi”da shaxmat va shashka, 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida badminton turi bo'yicha viloyat chempionati musobaqalari bo'lib o'tdi.
   Musobaqalarda stol tennisi va shashka turi bo'yicha xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ishtirok etgan jamoalar I o'rinni, badminton turi bo'yicha II o'rinni, egalladi.
   Shaxsiy birinchilikni ochkolar hisobida stol tennisi turidan Alimardon Chuliev, shashka turidan Ulug'bek Yallaev va Ozoda Karimovalar I o'rinni, badminton turidan Ozodjon Mannonov va Sohibjamol Suydievalar II o'rinni, shashka sport turidan II o'rinni Nigora Yuldosheva, stol tennisi turidan III o'rinni Marg'uba Salimova qo'lga kiritdi.


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish