"YOSH DELEGAT" KONFERENSIYASI

   Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 23 fevraldagi "Umumta'lim maktab o'quvchilari uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining simulyasion "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida "Yosh delegat” konferensiyasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida”gi 67-son buyrug'ining 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'ining 2019 yil 16 sentyabrdagi 173-sonli "Yosh delegat” konferensiyasini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida viloyat simulyasion konferensiyasi tashkil etildi. 
Joriy yilning 10-12 may kunlari umumta'lim maktab o'quvchilari uchun Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Respublika kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda BMT Bosh Assambleyasining simulyasion "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida "Yosh delegat” konferensiyasi Toshkent shahrida bo'lib o'tdi. 
  Mazkur konferensiyada viloyatimizdagi ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan eng bilimdon, zukko va intiluvchan ingliz tilida mukammal gaplasha olish ko'nikmasiga ega bo'lgan 5 nafar o'quvchilarimiz ishtirok etdi va faol ishtiroklari uchun konferensiyaning sertifikatlari bilan taqdirlandilar. 
Hozirgi kunda ishtirokchi o'quvchilarimizning 2 nafari Zarafshon shahar 1-maktab o'quvchisi Saidova Feride va Navoiy shahar 11-maktab o'quvchisi Doniyorov Azimjonlar Koreya davlatidagi nufuzli oliy o'quv yurtlarida o'qishga kirganligi sababli viloyat konferensiyasida ishtirok eta olishmadi, lekin o'quvchilarning bilim salohiyatlari natijasida erishayotgan har bir yutug'i bizni ruhlantiradi. 
  Viloyat simulyasion konferensiya namunasida tuman (shahar) va maktablar miqyosidagi umumta'lim maktab o'quvchilari uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining simulyasion "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish” va boshqa hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy va yoshlar muammolaridan kelib chiqib, joriy yilning 3 oktyabr sanasida tuman, shahar, 17 oktyabr sanasida umumta'lim maktablarida konferensiya tashkil etilishi belgilab olingan. 
Mazkur jarayonlarni samarali tashkil etilishida barchangizga omad tilaymiz.



© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish