O'QUV SEMINAR BO'LIB O'TDI


  Dekabr oyi Milliy istiqlol g'oyasi turkumiga kiruvchi fanlar oyligi munosabati bilan Navoiy shahar 3-umumta'lim maktabida "Innovasion texnologiyalar - taraqqiyot asosi” mavzusida viloyat o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi.
Seminarda odobnoma fani o'qituvchilari N. Orzuqulova 3-A sinfiga "Saxiylik va baxillik ” , N. Xudoyberdieva "Saxiy va kamtar” tarix fani o'qituvchilari N. Vafoeva 6-B sinfiga "Zardushtiylik” , M.Norboeva 10-B sinfiga "1918-1939 yillarda Turkiya va Eron” huquq fani o'qituvchisi I.Abloqulov 9-B sinfida   "Fuqarolarning konstitusiyaviy burchlari”mavzularida ochiq darslarni tashkil etdilar.
Shuningdek seminarda Navoiy shahar 16- DIUM Milliy istiqlol g'oyasi fani o'qituvchisi N. Latipova 5-A sinfida "Vatanga muhabbat” 17-maktab tarix fani o'qituvchilari N.Abdullaeva 8-A sinfida "XVI-XVIII asrlarda Hindiston”, Z.Nasrieva 8-B sinfida "Ma'naviyat inson va jamiyat madaniyatning negizi” mavzularida mahorat darslarini o'tdilar.
  Seminardan ko'zlangan maqsad innovasion g'oyalani targ'ib qilish, shu asosda darslarni tashkil etish hamda o'quvchi yoshlarni bilimli, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun ma'suliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yoshlarni tarbiyalash, ularni ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishdan iborat.


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish