MILLIY ARMIYA MILLIY G'URUR

   Karmana tumanidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2018 yil 26 dekabr kuni Navoiy viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, Navoiy viloyati "Milliy gvardiya” boshqarmasi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda respublikamizda 15 dekabrdan 15 yanvarga qadar "Harbiy vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan "Milliy g'oya-milliy g'urur” mavzusida amaliy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir juda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
   Tadbirda Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi o'rinbosari podpolkovnik M.Shermatov, O'zbekiston Respublikasi "Milliy gvardiya”si Navoiy viloyat bo'linmasi o'rinbosari podpolkovnik U.Karimov va gvardiya askarlari, shuningdek, 99368-harbiy qism o'rinbosari kapitan B.Sobirov va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
   Amaliy tadbirda O'zbekiston Respublikasi "Milliy gvardiya”si Navoiy viloyat bo'linmasi va 99368-harbiy qism askarlari hamda maktabning ixtisoslashgan harbiy sinf o'quvchilari o'zlarining harbiy chiqishlarini namoyish qildilar va tomoshobinlar olqishlariga sazovor bo'ldilar.
Xuddi shunday tadbirda Navoiy viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i T.Kayipov va metodistlar M.Sharipova va M.Ostonovalar tadbir ishtirokchilarini O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda respublikamizda 15 dekabrdan 15 yanvarga qadar "Harbiy vatanparvarlik oyligi” bilan muborakbod etdilar.

Karmana tumani XTB ijtimoiy fanlar uslubchisi G.Jabborova


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish