"YILNING ENG YAXSHI FAN O'QITUVCHISI-2018"

   Xalq ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega, ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, kasbiy mahoratining ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, aniqlangan ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida joriy yilning 1-5 may kunlari "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2018” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi 13 ta fan yo'nalishlari bo'yicha bo'lib o'tdi. Tanlovda 104 nafar fan o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.
 1-5 may kunlari fan o'qituvchilari 1-shart bo'yicha qur'a tashlash yo'li bilan mavzu tanlashib, quyidagi baholash mezonlari asosida:
dars mavzusining o'quv dasturiga mos mos kelishi, dars mavzusiga mos maqsad, vazifa, tayanch va fanga oid kompetensiyalarning belgilanganligi, dars mavzusiga ko'ra darsning turi, shakli va interfaol metodlarning to'g'ri tanlanganligi, darsning didaktik vositalari to'g'ri tanlanganligi (rasmlar, tarqatma materiallar, jadvallar, chizmalar, mulьtimedia resurslari (videodars, videofilьm, videorolik, animasiya taqdimot va b.q) va boshqalar) dars mazmunida ifodalanganligi, o'tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida tanlangan usullarda barcha o'quvchilarning ishtiroki ta'minlanishi ko'zda tutilganligi, o'quvchilarning oldingi darsdagi mavzularni tabaqalashtirgan holda so'ralishining rejalashtirilganligi, vaqtning to'g'ri taqsimlanganligi va undan unumli foydalanganligi, dars ishlanmasida mavzuning belgilangan maqsadga mos ravishda to'liq yoritilishi, darsda olingan bilim, ko'nikma, malaka va shakllantirilgan kompetensiya elementlarini shakllantirish, rivojleantirish va mustahkamlashning usul hamda shakllarining to'g'ri tanlanganligi va qo'llanganligi, o'quvchilarning bahosini hamda uyga beriladigan vazifani to'g'ri tahlil qilib berish usullarining aniq belgilanganligi, dars ishlanmasini yozishda qo'yilgan talablarga amal qilinganligi (MS Word (2010) matn muharririda, Times New Roman shriftida, keglь-14, hoshiya o'lchovlari: chap tomoni 2 sm, qolgan tomonlari 1,5 sm bo'lgan holda, 1,5 intervalda tayyorlanganligi, titul varag'ida ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, lavozimi, tuman (shahar), viloyat, fanning nomi, sinfi, dars ishlanmasining mavzusi, ishtirokchining elektron pochta manzili mavjudligi, dars jarayonida Microsoft Power Point 2010 muharririda tayyorlangan taqdimotdan foydalanganligi bo'yicha baholangan bo'lsa, 2-shartida ishtirokchilar tanlov hakamlar hay'ati a'zolariga tanlovda ishtirok etayotgan fani bo'yicha "Fanning o'qitishdagi mavjud muammolar va ularning echimlari to'g'risida” taqdimot orqali o'zlarining fanlardagi muammolar va ularning echimlari bo'yicha o'rtoqlashishdilar. 3-shartida ishtirokchilar ma'lum mavzu bo'yicha qur'a tashlash yo'li bilan tanlangan notanish sinfda dars mashg'ulotini olib bordilar. 4-sharti bo'yicha o'qituvchilarga ishtirok etayotgan fani bo'yicha 30 tadan test savollari on-layn tarzda taqdim etilib, shu zahotiyoq ishtirokchilarning test sinov javoblari orqali o'qituvchilarning bilimlari baholanildi. Va nihoyat, hayajonli daqiqalar boshlandi.....
Mazkur yilda "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2018” ko'rik-tanlovida barcha tuman, shaharlardan kelgan fan o'qituvchilari faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, Zarafshon shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 2 ta 1-o'rin (10-maktabning ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Rajabova Maxfuza Raxmatullaevna, 13-DIUM biologiya fani o'qituvchisi Fayzullaeva Nasiba Ziyadullaevna), Qiziltepa tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 6 ta 1-o'rin (5-maktab rus tili (ta'lim o'zbek va qardosh tillari uchun) fani o'qituvchisi Aripova Yulduz Sayfitdinovna, 39-IMI ingliz tili fani o'qituvchisi Nosirova Nargiza Xolmurodovna, 40-IMI matematika fani o'qituvchisi Muhammedov Vohid Doniyorovich, 13-maktab kimyo fani o'qituvchisi Teshaeva Dilnora Abdurasul qizi, 31-maktab tarix fani o'qituvchisi Halimov Akbar Azamat o'g'li, 9-maktab informatika fani o'qituvchisi Kamolov Mansurjon Muhammadovich), Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 2 ta 1-o'rin (11-DIUM kimyo fani o'qituvchisi Djalilova Iroda Sobirovna, 18-maktabning rus tili va adabiyoti fani Ishutina Elmira Ravilьevna), Navbahor tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 2 ta 1-o'rin (1-maktab fizika fani o'qituvchisi Navro'zova Sohiba Sayilovna, 15-maktab fransuz tili fani o'qituvchisi Sultonboev Azizjon Jonuzoqovich), Karmana tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 1 ta 1-o'rin (3-maktab ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Umarova Iroda To'lqinovna) hamda Nurota tumani xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalari 1 ta 1-o'rin (22-maktab nemis tili fani o'qituvchisi Sattorova Dildora Rahmonqulovna) ni qo'lga kiritishdi. Ishtirokchilarni tanlovda g'olib bo'lganlari bilan tabriklab, ko'rik-tanlovning Respublika bosqichida omadlar tilaymiz.
 
 
Xorijiy tillar metodisti
G.Sag'dullaeva


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish