TA'ZIM SIZGA FAN FIDOIYLARI

   Xalq ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega, ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, kasbiy mahoratining ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, aniqlangan ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida joriy yilning 1-5 may kunlari "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2018” ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi 13 ta fan yo'nalishlari bo'yicha bo'lib o'tgan edi.
   Joriy yilning 14 may kunidan boshlab, respublikamizning 9 ta hududlarida  "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2018” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlab yuborildi. Shu jumladan Navoiy viloyatida tanlonning rus tili fani yo'nalishi bo'yicha Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.
   Tanlov ishtirokchilari 1-shart bo'yicha yopiq konvertlardan tanlangan mavzu bo'yicha axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda dars ishlanmasi va taqdimot (prezentasiya) tayyorladilar va quyidagi baholash mezonlari asosida:
dars mavzusining o'quv dasturiga mos mos kelishi, dars mavzusiga mos maqsad, vazifa, tayanch va fanga oid kompetensiyalarning belgilanganligi, dars mavzusiga ko'ra darsning turi, shakli va interfaol metodlarning to'g'ri tanlanganligi, darsning didaktik vositalari to'g'ri tanlanganligi (rasmlar, tarqatma materiallar, jadvallar, chizmalar, mulьtimedia resurslari (videodars, videofilьm, videorolik, animasiya taqdimot va b.q) va boshqalar) dars mazmunida ifodalanganligi, o'tilgan mavzuni mustahkamlash jarayonida tanlangan usullarda barcha o'quvchilarning ishtiroki ta'minlanishi ko'zda tutilganligi, o'quvchilarning oldingi darsdagi mavzularni tabaqalashtirgan holda so'ralishining rejalashtirilganligi, vaqtning to'g'ri taqsimlanganligi va undan unumli foydalanganligi, dars ishlanmasida mavzuning belgilangan maqsadga mos ravishda to'liq yoritilishi, darsda olingan bilim, ko'nikma, malaka va shakllantirilgan kompetensiya elementlarini shakllantirish, rivojleantirish va mustahkamlashning usul hamda shakllarining to'g'ri tanlanganligi va qo'llanganligi, o'quvchilarning bahosini hamda uyga beriladigan vazifani to'g'ri tahlil qilib berish usullarining aniq belgilanganligi, dars ishlanmasini yozishda qo'yilgan talablarga amal qilinganligi (MS Word (2010) matn muharririda, Times New Roman shriftida, kegl-14, hoshiya o'lchovlari: chap tomoni 2 sm, qolgan tomonlari 1,5 sm bo'lgan holda, 1,5 intervalda tayyorlanganligi, titul varag'ida ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, lavozimi, tuman (shahar), viloyat, fanning nomi, sinfi, dars ishlanmasining mavzusi, ishtirokchining elektron pochta manzili mavjudligi, dars jarayonida Microsoft Power Point 2010 muharririda tayyorlangan taqdimotdan foydalanganligi bo'yicha baholangan bo'lsa, 2-shartida ishtirokchi pedagogik faoliyati davomida mutaxassisligi bo'yicha oxirgi uch yilda ta'lim-tarbiya sohasida (o'quvchisining bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida) erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, qo'shimcha 15 ballik tizimda baholanadilar.
Shuningdek, 2 ta shartdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar 2018 yil 15 may kuni 3-sharti bo'yicha ishtirokchilar ma'lum mavzu bo'yicha qur'a tashlash yo'li bilan tanlangan notanish sinfda dars mashg'ulotlarini olib borishmoqdalar. Dars o'tish mashg'ulotlari 2018 yil 16 may kuni ham davom etadi. Viloyatimiz sharafini himoya qilayotgan barcha o'qituvchilarimizni qolgan shartlardagi ishlarida faqat va faqat omadlar tilaymiz!
Fan sirlarini ochgan,
Qalblarga ziyo sochgan,
Mehri daryo ustozlar
Omad tilayman Sizga!

Tanlov natijalarini bilishni istasangiz saytimizni kuzatib boring.


Xorijiy tillar metodisti
  G.Sag'dullayeva


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish