RASMIY MUNOSABATI

   Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining Sizdan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Navoiy vil - "1-sinflarga Prezidentimiz sovg‘alari qachon beriladi?” nomli 2020-yil 29-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqqa chiqqan xabar yuzasidan
RASMIY MUNOSABATI
 
2020-2021-o‘quv yilida Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablariga qabul qilingan 1840 nafar
1-sinf o‘quvchilariga 12 nomdagi "Prezident sovg‘alari” berilishi belgilangan.
2020-yil 14-sentabr kuni 9 nomdagi (daftar 2 turda, rasm daftar, yelim, ruchka, akvarel bo‘yoq, rangli qog‘oz to‘plami, qalamdon, plastilin) mahsulotlar "O‘quv Ta’lim Ta’minot” DUK Navoiy viloyati filiali tomonidan Zarafshon shahar xalq ta’limi bo‘limiga yetkazilib, bo‘lim tomonidan barcha umumta’lim maktablariga tarqatilgan.
   Bugungi kunda "O‘quv Ta’lim Ta’minot” DUK Navoiy filiali tomonidan "Prezident sovg‘alari”ning qolgan 3 nomdagi (o‘quvchi sumkasi, o‘chirg‘ich va rangli qalam) turlari yetkazilib berilishi kutilmoqda.
1-sinfga qabul qilingan barcha o‘quvchilarga "Prezident sovg‘alari”ning qolgan qismi qabul qilib olingandan so‘ng, to‘liq yetkazilishi ta’minlanadi.
   Qolaversa, kelgusida yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘riladi.

Ushbu holatlar bartaraf etilgach, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish