HOKIM KUBOGI

     O‘zbekiston Respublikasi xalq  ta’limi vazirligining 2018 yil 18 sentyabrdagi 01-05/02-01-333-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli qarori ijrosini ta’minlash, o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish hamda 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ni keng nishonlash maqsadida 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida viloyat bosqichi musobaqalari Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi DIUM da mini futbol sport turi, 7-umumta’lim maktabida stol tennisi turi, 16-DIUMda voleybol sport turidan "Xokim kubogi” musobaqalari hamda "Yoshlar” sport majmuasining badiiy gimnastika zalida "Gimnastika barcha uchun” (gimnastrada) bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi  musobaqalari o‘tkazildi. 
        Navoiy shahridagi  Alisher Navoiy nomidagi DIUM ning sun'iy qoplamali mini futbol maydonida o‘tkazildi. Mini futbol turi musobaqasida viloyatdagi 10 ta tuman shahar jamoalaridan 100 dan ortiq ishtirokchilar ishtirok etishdi. Musobaqaga Navoiy shahar 11-DIUM o‘qituvchisi Buronov Ulug‘bek hakamlik qildi. Jamoalarning o‘yinlari qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Shuningdek, Navoiy shahar va Navbahor tumanlari o‘rtasidagi shiddatli kechgan so‘nggi bahslarda durang 1:1 natija qayd etildi. Jamoalar o‘rtasidagi pinalti bahsida Navoiy shahar jamoasining qo‘li baland keldi va I-o‘rin uchun ajratilgan "Xokim kubogi” sovrinini qo‘lga kiritdi. Umumjamoa sifatida Navoiy shahar jamoasi I-o‘rinni, Navbahor tuman jamoasi II-o‘rinni, Karmana tuman jamoasi  III-o‘rinni egalladi.
         Navoiy shahridagi 16-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim  maktabining sport zalida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Navoiy shahar 18-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Kruglova Ekaterina, 16-umumta’lim maktab o‘qituvchisi G‘affarov SHuhrat va 15-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Hamidov Bekmirzalar hakamligida o‘tkazildi. Musobaqada 7 ta tuman va shahardan kelgan jami 49 nafar pedagog xotin-qizlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib, Navoiy shahar jamoasi I-o‘rinni, Qiziltepa tuman jamoasi II-o‘rinni, Karmana tuman jamoasi  III-o‘rinni egalladi.
        Navoiy shahridagi 7-umumta’lim maktabining sport zalida Navoiy shahar 10-umumta’lim maktab o‘qituvchisi Achilov Alisher hakamligida  stol tennisi musobaqalari 7 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazildi Musobaqada har bir jamoadan bir erkak va bir ayol pedagog xodimlar ishtirok etdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra:
        Nurota tuman jamoasi I-o‘rinni, Konimex tuman jamoasi II-o‘rinni, Navoiy shahar jamoasi  III-o‘rinni egalladi.        "Gimnastika barcha uchun” (gimnastrada) bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bahslari "YOshlar” sport majmuasining badiiy gimnastika zalida o‘tkazildi. Tuman va shahardan 5 ta jamoa Navoiy shahar, Navbahor, Qiziltepa, Uchquduq, va Xatirchi tuman jamoalari ishtirokida M.O‘tkirova bosh hakamligida o‘tkazildi. Jamoalar 5 daqiqali musiqiy kompozitsiya orqali 10 nafar sportchi pedagoglar ishtirokida milliy hamda istalgan uslubda (biri predmet bilan) o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari deb Qiziltepa tuman jamoasi I-o‘rinni, Uchquduq tuman jamoasi II-o‘rinni, Xatirchi tuman jamoasi III-o‘rinni egalladi. Musobaqa so‘ngida barcha sport turi g‘olib va sovrindorlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining va "Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limining diplom va kubogi bilan taqdirlandi.


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish