JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN


   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari, Xalq ta’limi vazirligi tizimida 2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora tadbirlari, xalq ta’limi boshqarmasining 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasi, Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 10 avgustdagi 197-sonli buyrug‘i hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018 yil  13 avgustdagi 147-sonli buyrug‘ining ijrosini hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot g‘oya ta’sirlariga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirish, mustaqil va erkin fikrlovchi, qat’iy e’tiqodga ega bo‘lgan yuksak bilimli, intellektual salohiyatli, mustaqillik tamoyillariga sodiq, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning mohiyatinini yosh avlod ongiga singdrish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma’rifat” Respublika ko‘rik–tanlovining viloyat bosqichi Karmana tumanidagi viloyat "Barkamol avlod” bolalar markazida joriy yilning 27 oktyabr kuni o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovga ailoyat xalq ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilaridan saralab olingan bilimli, zukko o‘quvchilar ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlov 3 yo‘nalish asosida baholandi: 
      Ko‘rik-tanlovning  1-yo‘nalishi  insho yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchi-yoshlarni barkamol inson sifatida tarbiyalash bo‘yicha yurt imizda yaratilgan sharoitlar va bu borada olib borilayotgan islohotlarning yoritilganligi, turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari va uning oldini olishda milliy istiqlol mafkurasi ahamiyatining yoritilganligi, inshoda o‘zbek adiblarining mavzuga xos bo‘lgan asarlaridan keltirilganligi  va imloviy savodxonligi  e’tiborga olindi.   
    2- yo‘nalish she’rlar yo‘nalishida o‘quvchilarning she’rda ogohlik va hushyorlikni targ‘ib qilganligi,  she’rda sog‘lom turmush tarzining targ‘ib qilganligi, she’rda yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siridan va "ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoyalashning targ‘ib qilinganligi, she’rda diniy aqidaparstlik hamda mazkur illatlar oqibatlarining yoritilganligi, she’rda mavzu g‘oyasining ochib berilganligi  baholandi. 
    3- yo‘nalish rasmlar  yo‘nalishida ishtirokchilarni  ijodiy ishi yuzasidan etarlicha bilimga ega bo‘lishi, o‘z ijodiy ishini hakamlar hay’ati oldida himoya qila olishi, mavzu g‘oyasining ochib berilganligi, ijodiy ishda yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siridan va "Ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoyalanishining targ‘ib qilinganligi, ijodiy ishda diniy aqidaparastlik hamda mazkur illatlar oqibatlarining aks ettirilganligi ijodiy ishda texnik talablarga amal qilinganligi e’tiborga olindi.  
         Ko‘rik-tanlov Nizomi asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi va  tanlov  yakuniga ko‘ra:
1-yo‘nalishi  insho yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy shahridagi 11-DIUM  Soyibava Saros 1-o‘rinni, Zarafshon shahar 2-maktab Jo‘raqulova Zarina 2- o‘rinni,  Qiziltepa tumani 18-maktab o‘quvchisi Xoliqberdieva SHahnoza 3-o‘rinni, Nurota tumani 3-maktab o‘quvchisi Jo‘raqulova Zarina "Eng yosh insho muallifi” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
  2- yo‘nalish she’rlar yo‘nalishi bo‘yicha Zarafshon shahar 2-maktab o‘quvchisi O‘tkirqulov Behruz 1-o‘rinni, Qiziltepa tuman 14-maktab Ne’matov Nodir 2- o‘rinni,  Navoiy shahar A.Navoiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Mahkamova Gulhayo 3-o‘rinni, Xatirchi tumani 7-maktab o‘quvchisi Nazarova Dilnoza "Eng yosh ijodkor” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
  3- yo‘nalish rasmlar  yo‘nalishi bo‘yicha Zarafshon shahar 10-maktab o‘quvchisi Mahmudova SHahnoza 1-o‘rinni, Navbahor tuman 7-maktab Xalilova Gulchiroy 2- o‘rinni,  Qiziltepa tuman 6-maktab o‘quvchisi Tolibov Abdug‘affor 3-o‘rinni, Navoiy shahar 6-maktab o‘quvchisi Yo‘ldoshev Akmal "Eng yosh musavvir” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
  1-yo‘nalishi  insho yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy shahridagi 11-DIUM  Soyibava Saros, 2- yo‘nalish she’rlar yo‘nalishi bo‘yicha Zarafshon shahar 2-maktab o‘quvchisi O‘tkirqulov Behruz, 3- yo‘nalish rasmlar  yo‘nalishi bo‘yicha Zarafshon shahar 10-maktab o‘quvchisi Mahmudova SHahnozalar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 
Ma’naviy – axloqiy tarbiya va maktabdan
tashqari ta’lim bo‘limi metodisti
S.Amonova.


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish