RUS TILI FAN OYLIGI

   Maktablarda rus tili va adabiyoti fanini o‘qitishning sifatini yuqori bosqichga ko‘tarish, o‘quvchilarni rus tilida so‘zlashishiga ko‘maklashish va o‘rgatish maqsadida, Xalq ta’limi vazirligining 2009 yil 11 sentyabrdagi 252-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Fan oyliklari»ni  takomillashtirish to'g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida hamda maktabimizda noyabr oyi rus tili fani oyligini yuqori saviyada mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin bilan uchrashuvda rus va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatni yanada yaxshilash, o‘zbek bolalarini rus tilida so‘zlashuv nutqini o‘stirish, rus madaniyatini, rus milliy qadriyatlarini bilish maqsadida maktabimizda rus tili fani oyligining ochilish tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Navoiy shahar «Farxod» madaniyat saroyi tasarrufidagi  «Ivushka» rus xalq ansambli va maktab o‘quvchilarining rus tilidagi she’r, qo‘shiq va raqslari bilan hamohang holda o‘tkazildi. Tadbirga Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markazi rus tili fani o‘qituvchi-tinglovchilarining bir guruhi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi va tuman xalq ta’limi bo‘limi metodistlari tashrif buyurishdi. Maktabning  kirish foyesida tashkil etilgan ko‘rgazmada rus milliy taomlari, rus xalq ertaklari qahramonlarining qiyofalari, o‘quvchilar tomonidan qo‘ldan chizilgan ko‘rgazmalar barcha tashrif buyurgan mehmonlarga manzur bo‘ldi. 
 

Karmana tumani 1-umumta’lim maktabi
rus tili va adabiyoti fan o‘qituvchisi  S.SHodieva 
 


© 2016 Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi
Оrqaga qaytish