Bo'lim boshlig'i: Boboqulov Odiljon
uslubchi: Safarov Ramazon
slubchi: Tuxtayev Tuymurod
uslubchi: Imomova Dilfuza
tel:  224-94-85, 224-79-03
elektron pochta: odilmetod@umail.uz
 
Davlat ta'lim standartlari monitoringi bo'limi boshlig'i vazifalari

DTSM yo'nalishiga taa'luqli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik, viloyat hokimligi qarorlarining bankini to'playdi va uning amalga oshirilishini ta'minlaydi, hisobotlar topshiradi, barcha tuman (shahar) XTMFTMMETB tomonidan taqdim etilgan monitoring natijalarini umumlashtiradi va nazorat qiladi.
Umumta'lim fanlar bo'yicha xalqaro fan olimpiadalariga o'quvchilar tayyorgarligiga va ishtirokiga vakolat doirasida mas'ul hisoblanadi.
Bo'lim xodimlari faoliyati ustidan nazorat o'rnatadi.
Davlat ta'lim standartlari monitoringi tuman (shahar) XTMFMTTEB ning DTSREKG rahbarlari muvofiqlashtiruvchi Kengashiga rahbarlik qiladi.
Yuqori tashkilotlardan kelgan xat, buyruq, qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Viloyatda ta'limning barcha yo'nalishlari bo'yicha monitoring olib boradi.
Boshqarmaning Axborot-tahlil va ijro intizomi bo'limi bilan birgalikda boshqarmaning yillik, choraklik rejalarini tuzishda ishtirok etadi, O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining ish rejasiga muvofiqlashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi.
Barcha tuman (shahar) XTMFMTTEBning DTSMKG larining yarim yillik va yillik yakuniy yig'ilishlarni (favqulodda rejadan tashqari) tashkil qiladi, tahlil (to'plam)larni umumlashtiradi hamda boshqarmaning Hay'at yig'ilishiga muhokamaga kiritadi.
Amaldagi Nizom talablariga asosan pedagog kadrlar attestasiyasini tashkil etish va o'tkazilishi yuzasidan umumiy nazorat o'rnatadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil
10 fevraldagi "Maktabgacha ta'lim muassasalari va umumiy o'rta ta'lim muassasalarini attestasiya va akkreditasiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi” 21-sonli Qarorining ijrosi bo'yicha viloyat hokimligi tasdiqlagan istiqbol (2015-2020 yillarga mo'ljallangan) reja asosida attestasiyadan o'tgan ta'lim ta'lim muassasalarining hujjatlarini har oyning 10 sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM ga topshirilishi ta'minlaydi.
Ta'lim muassasalarini darsliklar to'plami bilan ta'minlash bo'yicha tahlillar tayyorlaydi, yangi o'quv yiliga chop etiladigan darsliklarga buyurtmalarni shakllantirib O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga, taqsimotlarni esa "O'quv ta'lim ta'minot” DUK viloyat filialiga taqdim etadi.
Haftaning juma kunida rahbarlar, pedagoglarning ommaviy nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna bo'lishi bo'yicha boshqarma boshlig'iga yoki uning o'rinbosariga ma'lumot berib boradi.
Yangi o'quv yili oldidan joylarda tashkil etiladigan "Maktab bozorlari va yarmarkalari” ishlarini muvofiqlashtirib boradi va tegishli ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda viloyat hokimligiga taqdim etib boradi.
Umumta'lim maktablari, maxsus, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida o'quvchilarning o'quv dasturi materiallarini o'zlashtirish sifatini aniqlash bo'yicha boshqarma tomonidan yarim yillik va yil yakunlariga ko'ra ta'lim sifatini monitoringini o'tkazish uchun tegishli sinflar fanlar bo'yicha ko'p variantlik testlar bankini shakllantiradi va monitoring o'tkazadi, diagnostik tahlillar tayyorlaydi.
Monitoring natijalariga ko'ra bo'shliqlarni to'ldirish bo'yicha Navoiy viloyat XTXQTUMOI bilan hamkorlikda boshqarma apparatiga takliflar kiritadi.
DTS ga ta'lluqli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha monitoring o'tkazish guruhi hujjatlarini rasmiylashtiradi va bo'shliqlarni to'ldirish bo'yicha tavsiya kiritadi.
Bo'lim ish faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha barcha hududlarda maqsadli o'quvlar, seminar-trening, davra suhbati, brifinglar tashkil etadi.
Viloyatda fanlar bo'yicha o'tkaziladigan "Bilimlar bellashuvi” ko'rik tanlovining viloyat tashkiliy qo'mitasiga vakolat doirasida ma'sul hisoblanadi hamda g'oliblarni Respublika bosqichida ishtirokini ta'minlaydi.

Davlat ta'lim standartlari monitoringi bol'limi uslubchisi
(tartib raqam bo'yicha birinchi)
Bo'limda vazifalar taqsimoti asosida Davlat ta'lim standartlari monitoring hujjatlarining kirim-chiqim va nazorat hisobini yuritadi, o'z vaqtida ijro monitoringini yuritib, yuqori va turli tashkilotlarga tegishli ma'lumotlarni berib boradi.
Viloyatda fanlar bo'yicha o'tkaziladigan "Bilimlar bellashuvi” ko'rik tanlovining viloyat tashkiliy qo'mitasiga vakolat doirasida ma'sul hisoblanadi hamda g'oliblarni Respublika bosqichida ishtirokini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va boshqarma tomonidan joylarga yuborilgan qaror, buyruqlarning bajarilishini ta'minlashga uslubiy yordam ko'rsatadi.
Yuqori va turli tashkilotlardan kelgan xat, buyruq, qarorlarning tegishliligi bo'yicha ijrosini ta'minlaydi.
Boshqarma tomonidan joylarga yuborilgan qaror, buyruklarning bajarilishini ta'minlashga uslubiy yordam ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 227-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarorlarining ijrosini nazorat kilib boradi hamda yilda ikki marotaba ustamalar bo'yicha monitoring tashkil qilib, natijalari bo'yicha boshqarma apparatiga ma'lumot kiritadi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-8 sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimlar bellashuvi”ni o'tkazishda ishtirok etadi va tanlovning viloyat bosqichi tashkiliy qo'mitasining a'zosi hisoblanadi.
Bo'lim ish faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha barcha hududlarda maqsadli o'quvlar, seminar-trening, davra suhbati, brifinglar tashkil etadi.
Boshqarmaning boshlang'ich kasaba uyushmasi raisi hisoblanadi. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash bo'yicha tarmoq kelishuvini amalga oshiradi.
Davlat ta'lim standartlari monitoringi bol'limiuslubchisi
(tartib raqam bo'yicha ikkinchi)
Bo'limda vazifalar taqsimoti asosida Davlat ta'lim standartlari monitoring hujjatlarining kirim-chiqim va nazorat hisobini yuritadi, o'z vaqtida ijro monitoringini yuritib, yuqori va turli tashkilotlarga tegishli ma'lumotlarni berib boradi.
Respublika tashxis Markazining viloyatdagi vakillari bilan hamkorlikda o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishi va kasb layoqati bo'yicha hosil qilingan ko'nikma, malaka, bilim darajalarini tahlil etish bo'yicha barcha tuman (shahar) XTMFMTTEB ga amaliy yordamlar ko'rsatadi. Nazorat ishlari tahlili bo'yicha ma'lumotnomalar tayyorlaydi.
Yuqori va turli tashkilotlardan kelgan xat, buyruq, qarorlarning tegishliligi bo'yicha ijrosini taьminlaydi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-8 sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimlar bellashuvi” ko'rik tanlovini o'tkazishga hamkorlik qiladi va tanlovning viloyat bosqichining tashkiliy qo'mita a'zosi hisoblanadi.
Boshqarmaning Xotin-qizlar qo'mitasi raisi hisoblanadi. Viloyat Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlik qiladi, xotin-qizlarning yurish-turishi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Umumtaьlim maktablarida o'quvchilarning o'quv dasturi materiallarini o'zlashtirish sifatini aniqlash bo'yicha diagnostik tahlillar tayyorlaydi.
Bo'lim ish faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha barcha hududlarda maqsadli o'quvlar, seminar-trening, davra suhbati, brifinglar tashkil etadi.

Davlat ta'lim standartlari monitoringi bol'limiuslubchisi
(tartib raqam bo'yicha uchinchi)
Bo'limda vazifalar taqsimoti asosida Davlat ta'lim standartlari monitoring hujjatlarining kirim-chiqim va nazorat hisobini yuritadi, o'z vaqtida ijro monitoringini yuritib, yuqori va turli tashkilotlarga tegishli ma'lumotlarni berib boradi.
Respublika tashxis Markazining viloyatdagi vakillari bilan hamkorlikda o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishi va kasb layoqati bo'yicha hosil qilingan ko'nikma, malaka, bilim darajalarini tahlil etish bo'yicha barcha tuman (shahar) XTMFMTTEB ga amaliy yordamlar ko'rsatadi. Nazorat ishlari tahlili bo'yicha ma'lumotnomalar tayyorlaydi.
Yuqori va turli tashkilotlardan kelgan xat, buyruq, qarorlarning tegishliligi bo'yicha ijrosini taьminlaydi.
Oliy ta'lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan qabul uchun o'tkaziladigan kirish imtihonlariga ta'lim muassasalaridan jalb etiladigan DTM vakili hamda auditoriya rahbar va nazoratchilarining ishtirokini ta'minlaydi. Mazkur masalada boshqa tashkilotlar xamda mahalliy hokimliklar bilan ishlarni koordinatsiya qiladi.
Pedagog kadrlar attestasiyasini tashkil etish, o'tkazish bo'yicha tegishli ma'lumot va jadvallarni tayyorlashga ma'sul xisoblanadi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-8 sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimlar bellashuvi” ko'rik tanlovini o'tkazishga hamkorlik qiladi va tanlovning viloyat bosqichining tashkiliy qo'mita a'zosi hisoblanadi.
Ta'lim sifati monitoringi yo'nalishi bo'yicha "Yunisef” tashkiloti tomonidan "Bolaga do'stona munosabat” Dasturi doirasida viloyatda tashkil etiladigan seminarlarga hamkorlik qiladi.
Bo'lim ish faoliyatining yo'nalishlari bo'yicha barcha hududlarda maqsadli o'quvlar, seminar-trening, davra suhbati, brifinglar tashkil etadi.
Bo'limning uslubchisi (tartib raqam bo'yicha uchinchi) amaldagi qonunchilikka muvofiq ta'tillar, xizmat safari, mehnatga layoqatsizlik davrlari hamda uzrli (uzrsiz) sabablarga ko'ra ishda bo'lmagan vaqtlarda uning vazifasini bo'lim uslubchilaridan biri bajaradi.