Bo'lim boshlig'i: Urunov Dilmurod
tel:224-70-44
faks: 224-54-61
elektron pochta: navoiy_vxtb@xtv.uz
 
Quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.  
 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida” gi 12-sonli Qarori bilan tasdiklangan ijro intizomini boshqarmada tashkil etish va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Boshqarma Nizomida belgilangan umumiy vazifalarni muvofiqlashtiradi. Boshqarma ish tartibini tasdiqlangan reglament asosida tayyorlaydi va uning bajarilishini taьminlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi.
Boshqarmaning apparat hamda boshqa yig'ilishlarini tashkil etadi, bayonlashtiradi va rasmiylashtirib boradi.
Yuqori tashqilotlar tomonidan kelgan xatlar va topshiriklarni boshliq rezolyusiyasiga ko'ra tezkorlik bilan ijrochilarga etkazilishi va bajarilishi yuzasidan nazorat o'rnatadi va bu haqda boshqarma boshlig'iga axborot beradi. Ko'rsatmalarning bajarilishi bo'yicha tegishli ma'lumotlarni tayyorlaydi, boshliq tasdig'iga kiritadi va yuqori tashkilotlarga yuborilishini nazorat qiladi.
Qabul qilingan qaror, buyruq ishlab chiqarish majlisi bayonnomalari hamda vazirlik, hokimlik va boshqarma ko'rsatmalarini bajarilishini tahlil qilib boradi, nazoratdan chiqarish yoki ijro muddatini o'zaytirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi.
Yuqori va turli tashkilotlardan kelgan farmoyish, qaror, buyruq, xat va boshqa ko'rsatmalarni boshqarma, tuman (shahar) XTMFMTTEB hamda boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi va bu haqda boshqarma boshlig'i yoki uning o'rinbosariga axborot kiritadi.
Boshqarmaning ish siklogrammasini tayyorlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Internet tarmog'idagi elektron qabulxonasi tizimidan foydalanish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha hisobini yuritadi, tahlil qiladi va mas'ul hisoblanadi. (Boshqarmaning 11.10.2016 yildagi 428-KB sonli buyrug'iga asosan)
Boshqarma arxividagi hujjatlarning belgilangan tartibda saqlanishi, yuritilishi va samarali foydalanilishi uchun bevosita mas'ul hisoblanadi.
Viloyat xalq ta'limi boshqarmasidagi yig'ma jildlar nomeklaturasini tashkil qiladi hamda nazoratini olib boradi.
Begonalarning xizmat xonasidagi to'siqdan qat'iyan o'tmasligini ta'minlaydi.