Bo'lim boshlig'i: Bo'rinov Fazliddin
Mutaxassis: Najmiddinov Dilshod
tel: 224-36-29
elektron pochta: t.tuxtaev@umail.uz, f.burinov@umail.uz
 
 Kadrlar bo'limi boshlig'i quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
Viloyat xalq taьlimi boshqarmasida kadrlar bilan ishlash, kadrlarning hujjatlarini saqlanishi va yuritilishi uchun asosiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Mehnat intizomi talablarini va mehnat shartnomalarining bajarilishini nazoratini olib boradi.
Viloyat xalq taьlimi muassasalari rahbar va pedagogik kadrlari to'g'risidagi hisobotlarni yuritadi, shahar (tuman) xalq ta'limi bo'limlarida barcha pedagogik xodimlarga bo'lgan extiyojni aniqlaydi, buyurtmalar tayyorlaydi.
Ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida Respublika va viloyatdagi pedagogika yo'lanishdagi oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlarni olib boradi.
Nomutaxassis, nopedagog kadrlarni tarkibini aniqlaydi, qayta tayyorlov kurslaridan o'tish rejasini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi. Chet ellarda ta'lim olib kelgan yosh mutaxassislarni Davlat test markazi orqali diplomlarini nostrifikasiyadan o'tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi.
A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, BO'SMXQTUMOM, Navoiy viloyat XTXQTUMOI larida rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlovdan o'tishi va malakasini oshirishini nazorat qiladi.
Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi nomenklaturasidagi rahbar xodimlarning boshqarma huzuridagi jamoatchilik maslahat Kengashining mas'ul kotibi hisoblanib, ushbu jamoatchilik maslahat Kengashi suhbati belgilangan tartibda tashkil etadi.
Suhbatdan muvofaqqiyatli o'tgan rahbar kadrlarning tegishli hujjatlarini O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etadi va rasmiylashtiradi.
Pedagogik rahbar kadrlarning istikbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantiradi va to'ldirib boradi.
Boshqarmada kadrlarga, xizmat safariga va boshqa tegishliligi bo'yicha buyruq loyihalarini tayyorlaydi hamda rasmiylashtiradi.
Boshqarmada kadrlarga oid qat'iy nazoratda turgan hujjatlar bilan ishlashga jumladan, hujjatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazorati (prokuratura tizimi) dan o'tkazilishiga ma'sul hisoblanadi.
Boshqarma xodimlarining mehnat intizomini nazorat qiladi va ish haqi tabeli hisobini yuritadi.
Shahar (tuman) XTMFMTTEB kadrlar bo'yicha inspektorining ishlarini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.
Shahar (tuman) XTMFMTTEB lari xodimlarining kadrlar bilan to'g'ri ta'minlanganlik darajasini o'rganadi hamda nazorat qilib boradi.
Boshqarma xodimlari hamda tizimdagi rahbar-xodimlarning rag'batlantirish ishlarini olib boradi, ularni pensiyaga chiqishi, nafaqa tayinlanishi masalalarida amaldagi qonunchilikka muvofiq amaliy yordam berib boradi.
Bo'limga kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari va boshqa tegishli tashkilotlardan kelib tushgan xat, topshiriqlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq o'rganib chiqadi va qonunda belgilangan muddatda ijrosini ta'minlaydi va qilingan ishlar to'g'risida ma'lumot berib boradi.
Boshqarma, ta'lim muassasalari, ayniqsa ushbu bo'lim faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar (sudlanganlar, profilaktik hisobga olinganlar, xizmat surishtiruvi) ning sir saqlanishini ta'minlaydi, ularni oshkor etilmaslik choralarini ko'radi.
Kadrlarga oid asosiy ko'rsatgich hisobotlarini viloyat miqyosida umumlashtiradi va Xalq ta'limi vazirligi, viloyat Statistika, viloyat Mehnat bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
Boshqarma va barcha ta'lim muassasalarida xavfsizlik va jamoat tartibini ta'minlash maqsadida favqulodda holatlar va muhim sanalar arafasida tashkil etiladigan sutkalik navbatchiliklarni nazorat qiladi.
Kadrlarga oid qabul qilingan me'yoriy xujjatlarni hayotga tadbiq etish va o'quvlar tashkil etish, xodimlar malakasini oshirish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ta'lim muassalarida yosh pedagoglar bilan ishlash masalalarini o'rganib boradi va amaliy yordam beradi.
Begonalarning xizmat xonasidagi to'siqdan qat'iyan o'tmasligini ta'minlaydi.


 Kadrlar bo'limi mutaxassisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
Viloyat xalq taьlimi boshqarmasida kadrlar bilan ishlash, kadrlarning hujjatlarini saqlanishi va yuritilishini ta'minlaydi. Mehnat intizomi talablarini va mehnat shartnomalarining bajarilishini nazoratini olib boradi.
Viloyat xalq taьlimi muassasalari rahbar va pedagogik kadrlari to'g'risidagi hisobotlarni yuritadi, shahar (tuman) xalq ta'limi bo'limlarida barcha pedagogik xodimlarga bo'lgan extiyojni aniklaydi, buyurtmalar tayyorlaydi.
Nomutaxassis, nopedagog kadrlarni tarkibini aniklaydi, qayta tayyorlov kurslaridan o'tish rejasini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi. Chet ellarda ta'lim olib kelgan yosh mutaxassislarni Davlat test markazi orqali diplomlarini nostrifikasiyadan o'tkazish ishlarini muvofiqlashtiradi.
A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, BO'SMXQTUMOM, Navoiy viloyat XTXQTUMOI larida rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlovdan o'tishi va malakasini oshirishi yuzasidan buyutmalarni shakllantiradi, oylik ma'lumotlar kiritib boradi.
Pedagogik rahbar kadrlarning istikbolli va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantiradi va to'ldirib boradi.
Boshqarmada kadrlarga, xizmat safariga va boshqa tegishliligi bo'yicha buyruq loyihalarini tayyorlaydi hamda rasmiylashtiradi.
Boshqarma xodimlarining mehnat intizomini nazorat qiladi va ish haqi tabeli hisobini yuritadi.
Shahar (tuman) XTMFMTTEB lari xodimlarining kadrlar bilan to'g'ri ta'minlanganlik darajasini o'rganadi hamda nazorat qilib boradi.
Boshqarma xodimlari hamda tizimdagi rahbar-xodimlarning rag'batlantirish ishlarini olib boradi, ularni pensiyaga chiqishi, nafaqa tayinlanishi masalalarida amaldagi qonunchilikka muvofiq amaliy yordam berib boradi.
Bo'limga kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari va boshqa tegishli tashkilotlardan kelib tushgan xat, topshiriqlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq o'rganib chiqadi va qonunda belgilangan muddatda ijrosini ta'minlaydi va qilingan ishlar to'g'risida ma'lumot berib boradi.
Boshqarma, ta'lim muassasalari, ayniqsa ushbu bo'lim faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni sir saqlanishi ta'minlaydi, ularni oshkor etilmaslik choralarini zudlik bilan ko'radi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tizimli hamkorlik o'rnatadi.
Asosiy ko'rsatgich hisobotlarini viloyat miqyosida umumlashtiradi va Xalq ta'limi vazirligi, viloyat statistika boshqarmasiga taqdim etadi.
Boshqarma va barcha ta'lim muassasalarida favqulodda holatlar, xavfsizlik va jamoat tartibini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan sutkalik navbatchilik jadvallarini ishlab chiqadi, bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik o'rnatadi.
Kadrlarga oid qabul qilingan me'yoriy xujjatlarni xayotga tadbiq etish va o'quvlar tashkil etish, xodimlar malakasini oshirish bo'yicha tegishli o'quv muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Ta'lim muassalarida yosh pedagoglar bilan ishlash masalalarini o'rganib boradi va amaliy yordam beradi.
Kadrlar bo'limi Arxividagi hujjatlarning belgilangan tartibda saqlanishi, yuritilishi va samarali foydalanilishi va Davlat arxiviga topshirish uchun bevosita mas'ul hisoblanadi.

ul hisoblanadi.