Bo'lim boshlig'i: J.Qalandarov
  mutaxassis: Narziyev A'zam
  tel:224-79-03
  elektron pochta: j.qalandarov@nv.uz
 
 
Quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
   Maktablarda o'quvchilar harakatini nazorat qilib boradi. Yakuniy attestasiya va bosqichli nazorat imtihonlarning o'tkazilishiga rahbarlik qiladi va nazorat olib boradi, tezkor ma'lumotlar to'playdi. Imtihonlar o'tkazilishi yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga ma'lumot tayyorlab etkazadi.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga 9-sinf bitiruvchilariga umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi shahodatnomalarni olish uchun buyurtma beradi hamda tarqatilishini ta'minlaydi, hisobot ishlarini yuritadi, o'quvchilar harakatining nazoratini ta'minlaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilari haqidagi ma'lumotlarni shakllantiradi.
O'quvchilarning ta'lim muassasalaridagi davomatini nazorat qiladi, ularning hisobini olib boradi.
Viloyat Tashxis markazi bilan birgalikda 9-sinf bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga jalb qiladi ya'ni Vazirlar Maxkamasining
473-sonli qarorining ijrosini ta'minlaydi. Maktablar mikroxududidagi
0-16 yoshli bolalarni ro'yxatdan o'tkazish ishlarini muvofiqlashtirib boradi. Maktabning 1-sinflarga o'quvchilarni qabul qilish ishlariga rahbarlik qiladi.
Boshqarmaning barcha statistik hisobotlarini tayyorlaydi hamda tegishli tashkilotlarga etkazadi (2-TSh, 9-ta'lim, 1-O'Q, 0-6 yoshli bolalar shakllari).
Barcha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlarini muvofiqlashtirib, barcha fanlarning o'qitilishi ustidan, o'quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilib boradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 173-sonli, 256-sonli Qarorlari asosida ixtisoslashtirilgan hamda jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini nazorat qiladi.
"Mehribonlik uy” lari faoliyatini nazorat qiladi, ularga bolalarni qabul qilish, tarbiyalanuvchilarni hisobdan chiqarish ishlarini nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va 2014 yil 20 yanvardagi "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi qonunning viloyatdagi ijrosini samarali tashkil etadi va hisobotini olib boradi.
Ta'lim muassasalariga qabul qilinadigan 1-sinf o'quvchilari hisobini yuritib boradi. 6 yoshli bolalarning maktabga olinishi bo'yicha barcha hujjatlarni o'rganib chiqib, boshqarma boshlig'i va uning o'rinbosariga hisobot berib boradi.
1-sinf o'quvchilariga beriladigan "Prezident sovg'a” lari uchun buyurtmalarni shakllantirishni, tarqatilishi va hisobotlarning tayyorlanishini nazorat qiladi.
Boshqarmaning asosiy ko'rsatkichlarini mas'ul xodimlar bilan birgalikda tayyorlaydi. Ta'lim muassasalarida o'quv rejalarining bajarilishini nazorat qilib, xodimlarni tarifikasiyalash ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
Boshqarmaning Hay'at va Ishlab chiqarish yig'ilishlarida kotiblik qiladi, Hay'at yig'ilishiga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtiradi, Hay'at qarorlari buyruq orqali rasmiylashtirilishini, shahar (tuman) XTMFMTTE bo'limlari va ularga qarashli ta'lim muassasalarda Hay'at qaror va buyruqlarining ijrosini bajarilishini nazorat qiladi hamda Hay'at va Ishlab chiqarish yig'ilishi bayonlarini va ularning monitoringini yuritadi.
Ta'lim muassasalaridagi qatьiy nazoratdagi hujjatlarni mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda to'g'ri yuritilishini nazorat qiladi.
Boshliqning o'rinbosari bilan birgalikda ta'lim tizimidagi ta'lim muassasalarining xususiylashtirilishi, maqomini o'zgartirilishi va ixtisoslashishi masalalari bilan shug'ullanadi.
Boshqarmaning bosh mutaxassisi amaldagi qonunchilikka muvofiq ta'tillar, xizmat safari, mehnatga layoqatsizlik davrlari hamda uzrli (uzrsiz) sabablarga ko'ra ishda bo'lmagan vaqtlarda uning vazifasini Davlat ta'lim standartlari monitoringi bo'limi boshlig'i bajaradi.