Bo'lim boshlig'i: T.Abduraxmonov
tel: 224-95-13
elekrton pochta: t.abduraxmonov@umail.uz
 
Quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
Ma'naviyat va sport ishlari bo'limiga rahbarlik qiladi.
Viloyat xalq ta'limi tizimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi "Milliy g'oya targ'iboti ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risida” gi PQ-451-sonli ijrosini nazorat qiladi.
O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi Qonuni hamda mamlakatimizda belgilangan tartibda ratifikasiya qilingan xalqaro normativ huquqiy hujjatlarning ijrosini ta'minlaydi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarga va to'garaklarga rahbarlik qiladi.
"Yil nomlanishi” bilan bog'liq Davlat dasturlarining bajarilishini ta'minlaydi, monitoringini olib boradi va tahliliy ma'lumotlar tayyorlaydi.
Ma'naviyat va sport ishlari bo'limi xodimlari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Bo'limda ijro intizomi, xat, buyruq va ko'rsatmalarni o'z vaqtida sifatli bajarilishini nazorat qiladi.
Bo'limga tegishli viloyat miqyosidagi ko'rik-tanlovlarni o'z vaqtida o'tkazilishi ustidan nazorat qiladi.
Viloyat miqyosidagi g'olib guruhlarni Respublika ko'rik-tanlovlariga o'z vaqtida qatnashishini nazorat qiladi.
"Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish”, "Yilning eng yaxshi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari”, "Yilning eng yaxshi ma'naviyat targ'ibotchisi”, "Konstitusiya baxtimiz poydevori” ko'rik tanlovlarini, ommaviy hashar va boshqa safarbarlik ishlarini tashkillashtiradi va o'tkazilishi nazorat qiladi.
Xalqaro va nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi.
Viloyat sport qo'mitasi, viloyat Ma'naviyat targ'ibot markazi, viloyat «Sog'lom avlod uchun» jamg'armasi, «Kamolot» YoIH viloyat Kengashi, Matbuot boshqarmasi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikdagi ishlarni olib boradi.
Navoiy viloyat «Yoshlik» JTSJ, Viloyat Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyatini nazorat qilib boradi. Ularda faoliyat olib borayotgan pedagog va sportchi, trenerlarga amaliy yordam beradi.
Muhim sanalar va boshqarma rejasi asosida ommaviy tadbirlarni tashkil etilishiga rahbarlik qiladi.
Viloyatdagi ta'lim muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalar sportini rivojlantirishga oid qaror va farmonlarini bajarilishini nazorat kiladi.
"Prezident archasi” sovg'alariga buyurtmalarni shakllantiradi, olib kelinishini nazorat qiladi, ushbu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etadi.
Bo'limning oylik, choraklik, yarim yillik va yillik ish reja hisobotlarni tayyorlaydi va boshqarma boshlig'iga taqdim etadi.
Boshqarmaning ma'muriy binosi va hududidagi davlat ramzlari, plakat-banner, jihoz, ko'rgazmali qurollar, o'simliklar va boshqa targ'ibot-tashviqot vositalarining amaldagi qonunlar, milliy ma'naviyatimiz, an'analarimizga mos tayyorlanishi va o'rnatilishini nazorat qiladi.
Bo'lim boshlig'i amaldagi qonunchilikka muvofiq ta'tillar, xizmat safari, mehnatga layoqatsizlik davrlari hamda uzrli (uzrsiz) sabablarga ko'ra ishda bo'lmagan vaqtlarda uning vazifasini Bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i bajaradi.