TARAQQIYOTGA TAHDID

Diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa g'oyaviy buzuq xodisalarning ildizlari o'tmishga,uzoq tarixga borib taqalsa ham ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik  rivojlanish,taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Dunyo yaralibdiki, tinchlik xotirjamlik o'zbek xalqi uchun tengsiz ne'mat bo'lib kelmoqda. Biroq azaldan oq va qora, yaxshilik va yomonlik,ezgulik va yovuzlik mavjud bo'lib ushbu qarama qarshi so'zlar zamiri bir biri bilan kurashib kelmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm va boshqa g'oyaviy buzuq illatlar inson hayotiga xavf solib kelmoqda. Bu baloiyu ofatlar o'tgan asrning so'ngi o'n yilligi va XXI asrga kelib, o'zining jirkanch qiyofasini nomoyon qila boshladi. Shum niyatli diniy ekstremistik va terrorchi oqimlarning tarafdorlari xalqimizning tinch va totuv hayotiga raxna solishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarimizni yo'ldan ozdirishga harakat qilmoqda. Shunday ekan bugungi kunda bu illatning oldini olish va ularga qarshi kurashish insoniyatning istiqboligi daxldor muammoga aylanib kelmoqda.
Hozirgi kunda ko'plab diniy ko'rinishdagi ekstremistik uyushma va mutassib guruhlar islom dini ta'limotidan foydalanmoqdalar. Dunyoning barcha dinlari asrlar davomida millatlararo hamjihatlikka, tinch totuv hayot kechirishga da'vat etib kelgan. Chinakam din ularni jisman va ruhan poklab, hayot qiyinchiliklarini engib o'tishlarida kuch bag'ishlagan. Umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avlodlarga etkazishga yordam bergan. Shuning uchun ham din insonning ishonchli hamrohi, odamzod hayotining uzviy qismi bo'lib kelmoqda. Din niqobi ostida hokimiyatga intiluvchi terrorchi gruhlar ayrim mamlakatlarda parokandalikni yuzaga keltirmoqda, o'z qatoriga mafkuraviy immuniteti past bo'lgan, mustaqil dunyo qarashi shakllanmagan yoshlarni jalb qilmoqda. Misol uchun ,Axborot texnalogiyalari rivojlangan davlatlarda imkoniyatlardan siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy tajavuz maqsadida foydalanishga urinishlar ortmoqda.
Bizga ma'lumki terrorchi va ekstrimistlar hech qachon murosa yulini tutmaydi. Ular qaysi davlatda paydo bo'lmasin taraqqiyotimizning kushandasidir. Ularga mehr oqibat, yaratuvchanlik, insonparvarlik g'oyalari hatto Vatan tuyg'usi begonadir.
Shunday ekan yosh avlod tarbiyasidagi ehtiyotkor bo'lishimiz, ularning onggini turli vayronkor illatlardan asrashimiz, bu yo'lda har doim sergak bo'lishimiz lozim. O'sib kelayotgan yoshlarni haqiqiy vatanparvarlik ruhida o'z vaqtida tarbiyalamasak,ularning qalbini turli yot, vayronkor g'oyalar egallashi mumkin. Buning oldini olish uchun esa biz ilm fan fidoilari o'quvchi yoshlar tarbiyasiga loqayd bo'lmasligimiz, har bir utayotgan dars soatlarimizda jirkanch illatlarning noxush holatlari xususida gapirib o'tmog'imiz, Yurtga muhabbat, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va eng asosiysi, bilimli qilib o'stirish barchamizning oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. O'ylaymanki shundagina farzandlarimizda turli yot g'oyalarning tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitet hosil bo'ladi.

Xatirchi tumani 50-maktab direktori: X.Ruzimurodova.

ODAM SAVDOSI
Odam savdosi – xozirgi kunda qullikning zamonaviy ko'rinishidir. Bu jinoyat hisoblanib inson xuquqlarining paymol bo'lishiga olib kelmokda.Natijada ,bu savdoga asir tushgan odam o'z insoniylik mavkeini yo'kotib,sotiluvchi va sotib olinuvchi maxsulotiga aylanmokda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2008 yil 27- martda ma'qullanib,2008 yil 17 aprelda «Odam savdosiga karshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5- noyabrdagi 240-sonli qarorida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya kilish bo'yicha «Respublika reabilitasiya markazi» tashkil etilgan.
Odam savdosi-kuch bilan taxdid kilish yoki kuch ishlatish, yoxud boshka majburlash shakllaridan foydalanish, o'g'irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatini suiste'mol qilish yoki vaziyatni qaltisligidan foydalanish orkali yoki boshka shaxslarni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish orqali odamlardan foydalanish maksadida ularni yollash,tashish, topshirish,yashirish yoki qabul qilishdir. Odam savdosi ob'ektiga aylanayotganlarning yashash huquqi erkinlik va daxlsizlik huquqlari qo'pol ravishda buziladi. Natijada jabrdiydalarning sog'ligiga jiddiy putur etadi. Achinarlisi ular o'zga davlatlarda noqonuniy ishlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi ham mumkin.
2015-yil ma'lumotlariga ko'ra dunyoda yiliga o'rtacha 4,5 million odam qullikning turli ko'rinishlariga mahkum etilmoqda. Jahon miqyosida tarqalgan odam savdosidan tushadigan daromad miqdori esa 12-15 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Bugun teleradioda,gazeta-jurnallarda va Internetda odam savdosi xakida juda kup aytilayotganiga karamay,bu illatlar butun er yuzi xalklari,jumladan,yurtimiz axolisi uchun xam talay muammolar tugdirmokda. Olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot va tushuntirish ishlariga qaramay o'z ixtiyori bilan chet ellarga ketayotganlar, begona yurtda istab-istamay turli yot oqimlarga qo'shilishga majbur bo'layotganlar uchrab turibdi. Ularning oilasidagilar, karindosh – urug'lari bilan suxbatlashsangiz, jigari chet elga ishlashga ketganini aytishadi. Holbuki o'sha yoshlar dunyoning biror joyida tekinga bir burda non bermasligini, xalq iborasi bilan aytganda, bepul o'lja faqat sichqon tutadigan taxtakachdagina bo'lishini, eng muhimi-inson hech qaerda o'z yurtidagidek emin – erkin ishlay va yashay olmasligini anglab etishlari lozim. Demak, bugun odam savdosi, diniy ekstremistik va terroristik guruhlar to'g'risida, bu illatlar orqasidan manfaat ko'ruvchilarning qay yo'sinda ish tutishi, yot oqimlarga moyillik nimadan boshlanib, qanday oqibatlarga olib kelishi haqida fuqarolarga yanada kengroq tushuncha berishimiz kerak. Islom dinida inson hayoti muqaddas sanaladi. Bu dinda bag'rikenglik, insonparvarlik, birdamlik tamoyillari asosiy o'rin tutadi. Tirikchilik ilinjida uzoq o'lkalardan rizq izlayotganlarni o'z qaramligiga ilintirish maqsadida dinni niqob qilayogan g'alamislar esa tutgan yo'li bilan odamlar, millatlar, davlatlar o'rtasiga nifoq solmoqdalar.

Xatirchi tumani 54-maktab MMIBDO'lari:
G'.Aslonov
B.Habibullaev 
INTERNET TERRORIZMI

"KO'K KIT” BALOSI

Butun dunyoning turli joylarida terroristik harakatlar sodir etilmoqda. Bu ofatga hatto o'zaro raqib bo'lgan davlatlar ham hamkorlikda qarshi kurashishga kirishgan. Unga qarshi kurashishda har holda muvaffaqiyatga erishib turilgan bir paytda g'alamis kimsalar axborot texnologiyalari, xususan, internet tarmog'idan foydalanib, terrorizmning boshqa bir ko'rinishiga asos solishdi. Bunga ular "Ko'k kit”, "Tinch uy” kabi o'yinlar orqali erishishmoqda. Bu o'yinlarning natijasi o'z joniga suiqasd bilan yakunlanadi. Ularning eng xavfli tomoni nobud bo'layotganlarning aksariyati yoshlar ekanligidadir.
Sir emas, yoshlar o'z hayotlari davomida muayyan muammolarga, qiyinchiliklarga duch keladi. Kimdir ota- onasi bilan kelishmaydi, kimdir orzusiga erishmaydi, boshqa birov sevgi bobida pand eydi. Agar yigit- qizning ma'naviyati mustahkam bo'lsa, u bu muammolarni to'g'ri qabul qiladi va ularni echishga kirishadi. Ma'naviyati sust bo'lsa, tushkunlikka tushadi. Qaerdandir najot izlaydi. Ana shunday paytda ularga xavfli o'yinlar "yordam”ga keladi.
"Ko'k kit” o'yiniga kelsak, u 2-3 yil oldin paydo bo'ldi. Unga bir qizning yigiti tashlab ketishi oqibatida o'zini poezd tagiga tashlagani sabab bo'lgan. Bu fojeani g'alamislar darhol internet tarmog'ida shov-shuv qilishdi. Asabiy holatda o'z joniga suiqasd qilishni oqlab chiqishdi.
Shu asosda o'yin tashkil etildi. Unga depressiya paytida o'zini qirg'oqqa tashlab nobud qiladigan ko'k kit nomi berildi. O'yin tashkilotchilari gohida atayin, goho bilmasdan uning ishtirokchilariga aylangan yoshlarni dastlab avrab- aldashadi. 50 kun davom etgan o'yin mobaynida ularga turli topshiriqlar berib borilaveradi. Oxir oqibatda o'z joniga qasd qilishga da'vat etiladi. Bu da'vat bajarilmasa turli tahdidlar boshlanadi.
Ming afsuski, bu o'yin bizga qo'shni ayrim mamlakatlarga ham kirib keldi. Kunda- kunora bu mamlakatlarda yoshlar o'z joniga qasd etganliklari haqida xabar tarqalmoqda.
Endi mulohaza yuritadigan bo'lsak, bu o'yinning ommalashganiga sabab, avvalo, yoshlarning nazoratsiz qolgani bo'lsa kerak. Bugun aksariyat yoshlar qo'l telefoni, shaxsiy kompьyuteri orqali internet tarmog'idan bemalol foydalanishmoqda. Ammo ular internetdan qanday foydalanayotganligini hamma ota- ona yoki o'qituvchi ham nazorat qilayotgan emas. Qolaversa, bekorchilik ham bunga sabab bo'lmoqda. Aytmoqchimanki yoshlarni iloji boricha foydali ishlar bilan band etish lozimki, toki ular vaqtni besamar o'tkazmasin. Keyin esa albatta, ogohlik zarur. Ota- onami, do'stmi yoshlar internet orqali biror yomon saytga kira boshlasa unga chek qo'yish yo'lini topishi shart. Yana bir gap, o'z joniga saiqasd qilishning oqibatini diniy nuqtai nazardan ham uqtirish lozim. Chunki islom dini xudkushlikni nihoyatda qoralaydi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish lozimligini uqtirgan edilar. Xuddi shu kurash davri kechmoqda. Yoshlarni faqat va faqat ma'rifatga chorlash, etaklash zarur.

(Xatirchi hayoti gazetasining 2017 yil 21 apreldagi № 16 sonidan olindi.)
A.HOSILOV

 
Odam savdosi uchun javobgarlik.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida "Hech kim qiynoqqa solinishi, zuravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas" deb ta`kidlanishi mamlakatimizda inson, uning huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat, unga tahdid qilish va zarar etkazish-jinoyat sifatida e`tirof etiladi.
"Bugun inson huquqlari va manfaatlari, ularni har tomonlama himoyalash va ta`minlash, jamiyatnи demokratlashtirish va erkinlashtirish yillari haqida gapirar ekanmiz, bu mavzu dunyoda har doim, ayniqsa, keyingi paytlarda eng utkir va dolzarb masalaga aylanib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin va buni tabiiy hol, deb qabul qilishimiz kerak" deganida mamlakatimiz biinchi Prezidenti I.A.Karimov odam savdosi va bu kabi transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, huquq normalari samaradorligini oshirishda qaysi jihatlarga kiproq e`tibor qaratishimiz lozimligi haqida fikr yuritgan bo`lsalar ajab emas.
Hozirda rivojlanish yilidan borayotgan davlatlar qatorida O`zbekiston Respublikasi ham huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati barpo etish bilan bog’liq jarayonlarda inson huquqlari va shaxs erkinligini ta`minlash yuzasidan samarali vositalarni qillash borasida bir qancha ijobiy tajribaga ega desak, xato qilmaymiz.
O’zbekiston Respublikasi 2003 yildayoq 1949 yil 2 dekabrdagi BMTning "Odamlar savdosi va uchinchи shaxslar tomonidan fohishabozlikni ishlatilishiga qarshi kurash to`g’risidagi Konventsiya"ga, 2008 yilda esa "Odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish va bu qilmish uchun jazolash to`g’risidagi Konventsiya"ga, shuningdek BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to`g’risidagi Konventsiyasini tildiruvchi Protokolini ratifikatsiya qilgan va shu bilan odamlar savdosi to`g’risida asholiga ma`lumot berish, uning qurbonlarini shimoya qilish va bu sohada huquqni мuhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni qillab-quvvatlash orqali uning oldini olish va unga barham berish majburiyatini o`z zimmasiga oldi.
2008-yil 17 aprelda O`zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurash to`g’risida"gi O’RQ-154-sonli qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga kiritildi.
Mazkur modda uch qismdan iborat bo`lib, 1-qismi Odam savdosi, ya`ni odamni olish-sotиш yoshud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uncha og’ir bilmagan jinoyatlar qatoriga kiritilgan.
Moddaning 2-qismida jazoni og’irlashtiruvchi holatlar nazarda tutilib, ig’irlash, zirlik ishlatish bilan, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, xizmat mavqeidan foydalangan holda, O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib utgan, kishi a`zolarini kesib olib, boshqa kishiga kichirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan qilmish uchun javobgarlik belgilangan.
Moddaning 3-qismi har ikkala qismdan ham og’irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutgan, ya`ni in sakkiz yoshga kirmaganligi aybdorga ayon bilgan shaxsga nisbatan sodir etilgan, jabrlanuvchining ilimiga yoki boshqa og’ir oqibatlarga olib kelgan holatlar, uta xavfli retsidivist tomonidan yoxud uyushgan gurush tomonidan yoki uning manfaatlarini kizlab sodir etilgan sholatlarning ijtimoiy xavfi darajasi yuqoriligi nazarda tutilib, ular uchun 12 yilgacha ozodlikdan mashrum qilish jazosi belgilangan.
Ammo, ba`zi davlatlar jinoyat qonunchiligida inson oldi-sotdisi predmeti sifatida faqat voyaga etmaganlar nazarda tutilishi, voyaga etmaganlar, bolalarning oldi-sotdisi uchun javobgarlik belgilanganligi, voyaga etgan shaxslarga nisbatan hunday xatti-sharakatlarni amalga oshirganlik uchun javobgarlik belgilanmaganligi, jinoyat tarkibi mavjud bulmasligi, qaysidir ma`noda shu davlatlar jinoyat qonunchiligining kamchiligidir. Bu masala bizning jinoyat qonunchiligimizda adolatli aks etgan.
Xatirchi tumani 35-umumiy o`rta ta`lim maktab MMIBDO` Sh. Sanaqulov.
"Оmmaviy madaniyat” va mafkuraviy immunitet

Bugun mamlakatimiz o`zining rivоjlanish yo`lidan dadil qadamlar bilan оlg`a intilmоqda. Rivоjlanish yo`li esa, bir tekis bo`lmasligi tabiiy. Chunki, har qadamda ma`lum bir xavf-xatarlar rivоjlanish va taraqqiyotga to`siq bo`lib turadi. Chetdan biz uchun mutlaqо yot bo`lgan, ma`naviy va ahlоqiy tubanlik illatlarini o`z ichiga оlgan "оmmaviy madaniyat” ning yopirilib kirib kelishini biz tоm ma`nоda katta xavf deyishimiz mumkin.
"Оmmaviy madaniyat” ibоrasining keng tarqala bоshlashi XIX asr оxiri va XX asr bоshlariga to`g`ri keladi. "Оmmaviy madaniyat” an`anaviy madaniyatning ma`lum yo`nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o`zgarishi, hayot taqоzо asоsida yuz berdi. Оmmaviy axbоrоt va kоmmunikatsiya (radiо, kinо, televidenie, ko`p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vоsitalarining keskin rivоji va tarqatilishi bunga sabab bo`ldi. Ma`naviy bоyliklarni industrial tijоrat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demоkratlashtirish, ahоli bilim darajasi o`sishi bilan birga uning ma`naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila bоshladi. Оmmaviy madaniyat hоzir insоniyat xayotining barcha jabhalariga tez kirib bоrmоqda va o`zi tarqalish uchun qulay makоnni shakllantirmоqda. "Оmmaviy madaniyat” madaniy mоllar bоzоridagi tоvarga aylanib,muayyan xususiyatlar kasb etdi. Avvalо u "оddiy” (buni jo`nlik deb atasa ham bo`ladi). Chunki ko`pincha bunday mahsulotlar "ko`cha odami”ga mo`ljallangandir. Ommaviy madaniyat o`z vazifasini to`la bajarishi, ya`ni ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo`lishi lozim. Albatta, bunday madaniy maxsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta`sir etadi. Shuning uchun ham "Ommaviy madaniyat” ning "eng qiziqarli” va hammaga tushunarli mavzulari – muhabbat, oila, kar`era, jinoyatchilik va xo`rlash, sarguzasht, qo`rqinch va hokazolardir. Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
"Ommaviy madaniyat”ga, u bilan yopirilib kelayotgan ma`naviy va axloqiy tubanlik illatlariga nimani qarshi qo`ysa bo`ladi? Milliy madaniyatni, milliy tarbiyani, milliy ma`naviyatni, ota bobolarimiz e`tiqod qo`yib kelgan islomiy qadriyatlarni. Ana shuning uchun ham O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo`lib maktab, kollej, institutlarda dinshunoslik asoslari predmetini joriy etdi. MDHning ayrim peshqadam davlatlari bu ma`rifiy tashabbusning samarasini tez his qildilar.
Ma`lumki, talaba yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, yangi estetik standartlarni tez qabul qilishadi. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik xususiyat ba`zida "ommaviy madaniyat” orqali kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni ham cheklab qo`yadi. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo`lmagan yoshlar hayotimizga, milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan "mafkuraviy” mahsulotlarni o`zlari bilmagan holda qabul qilishlari mumkin.
"Оmmaviy madaniyat” ga qarshi kurash haqida gapirganda, bizning ulug` ajdоdlarimiz o`z davrida kоmil insоn haqida butun bir ahlоqiy mezоnlar majmuini, zamоnaviy tilda aytganda, sharqоna ahlоq kоdeksini eslash o`rinli. Оta-bоbоlarimizning оng-u tafakkurida asrlar, ming yillar davоmida shakllanib, sayqal tоpgan оr-nоmus, uyat va andisha, sharm-u hayo, ibо va iffat kabi yuksak ahlоqiy tuyg`u va tushunchalar bu kоdeksning asоsiy ma`nо-mazmunini tashkil etadi.
Bu ahlоqiy kоdeks "оmmaviy madaniyat” bilan kurasha оladigan kuchdir. Bunda ayniqsa, оilaning o`rni juda muxim. Insоn kamоl tоpadigan maskan bu оila. Tinch-tоtuv, mustahkam оiladagina haqiqiy barkamоl insоnlar tarbiya tоpadi. "Оmmaviy madaniyat” tashiydigan yot g`оyalar esa mana shu muqaddas qo`rg`оn, ko`plab ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirgan оilani mensimay, insоn erkinligini cheklоvchi vоsita sifatida bahоlashadi
"Оmmaviy madaniyat” ning yoshlar tarbiyasiga jiddiy salbiy ta`siri bоr ekanliginni aytib o`tsak, masala yanada jiddiylashadi. Zerо, yoshlar tarbiyasi bugungi kunning eng dоlzarb masalasidir. O`zbekistоnning buyuk kelajagini barpо etish bugungi yosh avlоd zimmasiga tushadi. Ba`zan yoshlarimizni o`qishga, mehnatga, оilaga, atrоf-muhitga nisbatan lоqaydligini ko`rib, o`ylab qоlasan kishi. Bu hоlatning negizida оta-оnaning, mahallaning, turar jоy axlining bоla taqdiriga beparvоligi, lоqaydligi, e`tibоrsizligi yotadi. Оta-оnalar o`z farzandlarida bunday salbiy hоlatlar kuzatilishiga yo`l qo`ymasligi va ularning barkamоl avlоd bo`lib shakllantirishi,Vatanimiz taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shadigan farzand qilib tarbiyalashi darkоr.
Xulоsa qilib shuni aytish mumkinki "Оmmaviy madaniyat” niqоbidagi xurujlarga qarshi kurashda xalqimizda asrlar sinоvidan o`tib kelayotgan immunitet mavjud. Ammо, bu ushbu tahdidlarga beparvо qarash yoki xоtirjam yashashga asоs bo`la оlmaydi. Chunki, "оmmaviy madaniyat” niqоbi оstidagi xurujlar jamiyatimiz taraqqiyotiga va uning kelajagi bo`lgan yoshlarga ta`sir o`tkazib, o`z tanlagan yo`lidan adashtirishga xizmat qiladigan turli g`animlarning maqsadlarini ro`yobga chiqaradigan vоsitadir. Shu sababli biz dоimо hushyor va оgоh bo`lmоg`imiz shart.
"Ommaviy madaniyat”ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo`ladi. Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning shu daqiqadagi ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga hozirjavob bo`ladi. Ma`lum vaqt o`tgach, ular o`z dolzarbligini yo`qotadi, eskiradi va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
Xullas, odamlardan puxta madaniy bilimni, didni, tayyorgarlikni shart qilib, talab qiluvchi milliy madaniyatni – malikaga, bo`yanib, pardozlanib, odamlarning orqasidan ergashib yuruvchi "ommaviy madaniyat” ni – xulqi noma`qul ayolga o`xshatish mumkin.

Xatirchi tumani 16-sonli maktab MMIBDO’      F.Ro’ziyeva


Dolzarb muammo
"Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli,
dono va albatta baxtli bo'lishlari shart”
                               I.A.Karimov

Bugungi kunda butun dunyoda odam savdosi dolzarb muammoga aylangan. O'zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida” gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2008-yil 8-iyuldagi "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-911-sonli qarori qabul qilindi. Televideniya, radio, gazeta va jurnallarda e'lon qilib, ko'rsatib fuqarolarimiz pul topaman deb qul bo'lib, xor-zor bo'lib yurganligini doimo yoritib bormoqda shunga qaramasdan ba'zi bir yurtdoshlarimiz oson pul topish maqsadida noqonuniy yo'llar bilan qo'shtirnoq ichidagi kimsalarning yolg'on, aldov so'zlariga uchib, odam savdosi qurboniga aylanib qolmoqda.
Odam savdosi-kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o'g'irlik, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.
Odam savdosi jinoyatining shakllari
-Jinsiy eksplutasiya ob'ekti sifatida ayollar savdosi;
-Majburiy mehnat ob'ekti sifatida odam savdosi;
-Odamning tabiiy organlarini ajratib olish maqsadida odam savdosi
(transplantasiya);
-Jinsiy eksplutasiya ob'ekti sifatida bolalar savdosi;
Odam savdosi jinoyatining ijtimoiy xavfi
-Odam savdosi jamiyatning moddiy texnik, intellektual salohiyatini pasaytiradi, uning genofondini buzadi.
- Odam savdosining bozori giyoxvandlik vositalari va qurol yarog' savdosidan keyin uchinchi o'rinni egallaydi.
- Odam savdosi jinoyati natijasida dunyo bo'yicha amalga oshiriladigan yillik aylanma 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.
Hukumatimiz tomonidan xalqimizga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda, yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ta'lim muassasalarida turli xil sport tugaraklari, fan tugaraklari, kurik tanlovlar, kollejni tugatgan talabalarga imtiyozli kreditlar berilmoqda.
Mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib davlatimizning ravnaqi uchun xizmat qilaylik.

O.Tursunov 42-umumiy o'rta ta'lim maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha o'rinbosari.

«Ommaviy madaniyat» va Mexnat megirasiyasi.

So'z boshida shuni aytib o'tish joizki, birinchi Prezidentimiz I.A Karimov aytganlaridek biz boshqa jabxalarada rivojlangan davlatlardan keyingi o'rinlarda turishimiz mumkin, ammo ma'daniyat soxasida biz birinchi o'rinda turamiz. Shunday ekan biz o'z ma'daniyatimizni rivojlantirishimiz uni tanazzulga yuz tutishiga yo'l qo'ymasligimiz lozim.
Afsuski bugungi kunda global muammoga aylanib borayotgan, insoniyat ongiga shiddat bilan kirib borayotgan "ommaviy madaniyat” ta'siriga tushib qolayotgan yoshlarimiz xam anchaginani tashkil etadi. Bular asosan qay tarzda kirib kelayapti? Pornografik rasmlarni tarqatish va bexayo suratlarni targ'ib qilish vam umay pul topish ilinjida fuqarolarimizning chet davlatlarda ishlash uchun ketayotganliklari yoshlar ongiga ta'sir o'tkazmoqdalar.
Internet tarmoqlari, mobil aloqa vositalarida aylanayotgan bexayo tasviru, uyatsiz suratlarni tarqatayotganlarning xam maqsadi pul ishlab, nafsiga orom berish. Shunday illatlarga bog'lanib qolayotganlar xam asosan o'z ota onasidan yiroqda ishlash uchun yurgan yoshlarni tashkil etadi. Endi bu xildagi tiyiqsizliklarga bolalar va usmirlarning o'ralashib qolayotgani-DAXShATdir! Eng yomoni, qotillar va zuravonlikka moyil kimsalar ham asosan, internet va mobilь telefonlar orqali xar xil bexayo va uyatsiz saytlarga mukkasidan ketganlar orasidan chiqishi xaqidagi fikrlar to'g'ri ekani o'z isbotini topmoqda. Maktab o'quvchisiga ko'p funksiyali uyali telefon, umuman qo'l telefoni nega kerak? Maktab o'quvchisiga telefonni keragi bormikan. Xatto chet mamlakatlarda xam maktab va kollejlarda uyali telefonlardan foydalanish mumkin emas. AQShda agar o'quvchi telefon bilan qo'lga tushib qolsa maktab nazorat xodimi chaqirilib, dalolatnoma tuzilib o'quvchiga intizomiy chora ko'riladi xattoki jarima qo'llaniladi.
Xitoyda telefonda pornagrafik suratlar tarqatganlarga, undan foydalanganlarga nisbatan umrbod qamoq jazosi, Avstraliyada 55 ming dollar jarima, Malayziyada 5 yillik qamoq jazosi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Maktabda telefon ishlatilishini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2012 yil 21 may 139-sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2012 yil 25 maydagi 165-sonli Buyrug'ini bajarish maqsadida maktabda xam uyali telefonlardan foydalanmaslik to'g'risida maktab buyrug'i chiqarilgan.
Yurtimizda xam 2012 yilning aprel oyidan boshlab pornografik maxsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama va namoyish qilish uchun kurashni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun kuchga kirdi. Unga kura pornografiya, zuravonlik va shavqatsizlikni targ'ib qiluvchi maxsulotlarni tarqatishda aybdor deb topilgan shaxsga eng kam ish xaqqining 400 dan 600 barobarigacha jarima, axloq tuzatish ishlari, 6 oylik xibsga olish, 3 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
Bugungi kunda ota-onalarimiz farzandlariga ko'p funksiyali telefonlarni zamona zayliga yo'yib olib berishmoqda. Xar kim ekkanini o'radi qabilida so'z yuritadigan bo'lsak, tarbiyaga befarq qarayotganlar o'zlariga jabr qiladilar. Afsuski, ularning kasriga butun boshli jamiyat ham aziyat ko'rishi mumkin. Bunday toifali insonlarni esa "ma'naviyat kushandasi” deb atashimiz mumkin. Bugun yurtimizdagi yoshlarimizni "Ommaviy madaniyat” dan asrashimish mumkindir lekin, mumay pul ishlash ilinjida yurtimizdan chetga chiqib ketgan yoshlarimiz, bunday illatlar ta'siriga tushmaydi deb ayta olamizmi? Xalqimizda shunday maqol bor "Kasalni davolashdan ko'ra oldini olish afzaldir” ha shunday ekan shunday balolarga giriftor bo'lib qolgandan ko'ra o'sib kelayotgan yoshlarimizga to'g'ri yo'l ko'rsatib chet ellarga chiqib ketayotganlarga yana bir maqol "O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'l” ni qalbiga singdirib borish vatanni sevgan har bir fuqaroning umummilliy burchidir.
Yuqoridagi so'zlarda fuqarolarimizning chetda ishlashlari mumkin emas degan fikr asnosida emasman albatta. Mexnat qilish huquqi Respublikamizda qonunlar bilan to'laligicha tartibga solinganligi hech kimga sir emas. Men faqatgina davlatimizning qonunlari asosida chet ellarda ishlashlarini nazarda tutdim xalos.
Buning birgina qulay tomoni chet elda ishlayotgan shaxs davlat nazoratida va uning shaxsiy daxlsizligi davlat ximoyasida turishidadir...
Xatirchi tuman
XTMFMTTEB ga qarashli
25- umumiy o'rta ta'lim
Maktabi MMIBDO' si: B.Ibragimov 
 Ommaviy  madaniyat,  axborot xurujiy,  yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sirlar va nopok illatlardir.

  Mustaqil  taraqqiyotning   25   yillik  tarixi   davomidaxalqimiz   birinchi  Prezidentimiz  I.Karimovni  yurtimizdagi   tinchlik  va   barqarorlikning   asosiy   kafili  sifatida   idrok   etib  keldi.  Bunda   Prezidentimizning   yoshlarni   yot   g’oyalar  ta’siridan  saqlab   qolish, ularning   ongiga   yunaltirilgan   axborot-psixologik,  "Ommaviy  madaniyat”   xurujlarini  o’z  vaqtida   bartaraf  etish,  qolaversa,  bu   sohada   o’zini  o’zi  himoya   qilishga  tayyorlash  masalasiga  katta  e’tibor  qaratib  kelganligi   diqqatga  sazovordir.
Zamonaviy   dunyoda  eng   katta   jangu-jadallar   axborot  maydonida   ro’y  berayotganligi  barchaga   ayon.  Birinchi  Prezidentimiz   ta’kidlaganlaridek, " Mana  ko’rayapsizlar,  hozirgi   paytda   dunyo  zo’ravonlar   dunyosi   bo’lib  qolyapti.  Kimning   qo’lida   kuchli   matbuot,  axborot  vositalari   bo’lsa,  kim   informatsiya  maydonida  ustunlik    qilsa,  zamon  kimniki   bo’ladi  -avvalo   o’shalarniki   bo’ladi”
Omma  ongiga   information- psixologik   ta’sir   ko’rsatish   yo’li   bilan   uni   boshqarish   mumkinligi   bugun  kashf   etilgan    emas.
Axborot   tarqatishning   yuksak   texnologik   usullari   paydo   bo’lib,  ular  keng   xalq    ommasiga  yetkazilayotgan  hozirgi   davrda  axborotdan  qurol   sifatida  foydalanish   imkoniyati   cheksiz  darajada   ortib   bormoqda.
 Ommaviy  madaniyat,  axborot xurujiy,  yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sirlar va nopok illatlardir.
  "Ommaviy madaniyat” asosini   ma'naviy va ahloqiy tubanlik illatlari  tashkil qiladi. I.A.Karimov
 Bizning milliy madaniyatimizda hayo, andisha, ibo kabi ahloqiy fazilatlarga qat'iy ravishda amal  qilinib kelinadi. "Ommaviy madaniyat” aynan milliy qadriyatimiz asosi bo'lgan hayo, andisha, oqibat,  mehr–muhabbat kabi go'zal ahloqiy qadriyatlarimizga qarshi bo'lgan ahloqsizlik va yovuzlikni o'zida  aks ettirgan g'ayriinsoniy harakatdir.
Mulohaza   o’rnida "Ommaviy  madaniyat”ning  ayrim  ko’rininslarini   aytib   o’tsak:
EMO (inglizcha – emotional- emotsional, hissiy) yoshlar submadaniyati bo'lib, musiqa  muxlislaridan kelib chiqqan. Ildizi – haqiqatni tan olmaslik, o'z joniga qasd qilish. Bunday olib qaraganimizda haqiqatdan ham  bir daraxtda barcha mevalar bir xilda yetilmaydi.
  "Gotlar” – XX asrning 70-yillarida post-panklar ildizi asosida yuzaga kelgan submadaniyat.
    Gotlarning asoschisi deb inglizlarning musiqiy guruhi Joy Division  hisoblanadi, bu shaxs XX asrning  oxirida gotika stilida musiqani yaratishni boshlab o'ziga ko'p yoshlarni jalb qildi.  va "gotika” musiqasining fanatlari o'zlarini "GOT” lar deb nomladilar.   Ko'p hollarda bular 16-25 oralig'idagi yoshlarni tashkil qiladi. Ularning falsafiy  dunyoqarashlarida o'lim  hayotdan ustun turishi, har bir shaxs aktiv hayotda emas, balki passiv hayotdagi  dunyoqarashi bilan baxtli bo'lishini izhor qilishadi.
 Ularni boshqa o'smirlardan ajratib turadigani alohida belgilari.
Yuz tuzilishi, Sochlari kalta yoki uzun, har xil rangga bo'yalgan, yuzining o’ng  tarafi soch bilan berkitilgan. Sochni 2 xil rangga bo'yagan. qora-binafsha, qora-sariq, qora-qizil, yuzlariga har xil  rangda bo'yoqlar bilan bo'yalgan. Burun, quloqlariga har xil taqinchoqlar taqilgan bo'lishi mumkin.
 O'smir yoshlar identifikasiya qilish (kimgadir o'xshash, taqlid qilish) uchun o'ziga ob'ekt qidiradi.  O'zlarini atrof-muhit bilan qiyoslab, tashqi, ichki dunyoqarashini shakllantiradilar.
 Voyaga yetmaganlar o'rtasida turli zararli  holatlarni tarqalib ketishini oldini olish borasida hukumat qarorlari va mavjud qonunlarning  ijrosini ta'minlashga barchamiz   mas’uliyat   bilan   qarasak, yoshlar orasida ommaviy madaniyat ko'rinishlarining ("matrisa farzandlari” kabi tushunchalarning) keng tarqalishini  bartaraf   etgan   bo’lar   edik.
Bugun   o’z   sinf  va   auditoriyalarida   mamlakatimiz   kelajagining   egasi   bo’lgan   yoshlarni   o’qitib  tarbiyalayotgan   hurmatli   ustoz-murabbiylar   ularni  axborot-psixologik   xurujlardan  asrab   qolishlariga  ishonch   bildiramiz.
         Zero birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov   ta’kidlaganidek "...Takror bo’lsa-da, aytmoqchiman – axborot olamida qandaydir devor o’rnatish, o’z qobig’iga o’ralib, mahdudlikka yuz tutish yo’li bizga aslo ma’qul emas. SHu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo’lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg’itishga qaratilgan g’arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo’lmaydi"



Xatirchi tumanidagi  34-maktab  MMIBDO’         X. Xudoynazarov

 
"Korrupsiyaga qarshi kurash-davr talabi”
Korrupsiyaga qarshi kurashish birinchi navbatda oiladagi muhit va ta'lim tarbiyadan boshlanadi. Jamiyatda nima halolu nima harom ekanligi farzandlarimizga bobo-momolar, ota-onalar va ustozlar o'giti bilan singdiriladi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovaich Mirziyoev farzandlarimizga bolaligidan pokni nopokdan, halolni haromdan farqlashga o'rgatishni nazarda tutib, yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlariga har birimiz ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlari lozimligini ta'kidladilar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzahurmat topishi, jaxongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning ichki axloqiy-ruhiy maslagi va e'tiqodiga aylanishi kerakki, bu korrupsiyaga qarshi ma'rifatning o'zagini tashkil qiladi. Qonun talablarini to'laqonli amalga oshirilishi mamlakatimiz aholisining turmush farovonligini oshirishga, rivojlanish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.Korrupsiyaga qarshi kurash to'g'risidagi qonunda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi alohida o'rinni egallaydi. Unda yoshi va kasbidan qat'i nazar barchaning huquqiy savodxonligi yuqori bo'lishi ayniqsa maktablarda korrupsiyaga qarshi kurashish soxasidagi huquqiy ta'lim va tarbiya belgilangan davlat ta'lim standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko'rsatilgan.XXI asrda dunyodagi barcha mamlakatlarda Korrupsiya muammosi eng dolzarb masalalardan biriga aylangani hech kimga sir emas. Ma'lumki Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bir qator xalqaro xujjatlar qabul qilingan. Ulardan asosiysi BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasidir.O'zbekiston Respublikasi ushbo' konvensiyaga 2008-yilda qo'shilgan.Konvensiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan samarali va ta'sirchan choralar qo'llash shu jumladan davlatlar o'rtasida o'zaro huquqiy yorda berish va jinoyatchilarn topshirish tartibini o'rnatish va amalga oshirishda yordam berish. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bir qator rivojlangan davlatlar xususan AQSh, Kanada, Fransiya, Nederlandiya, Rossiya tomonidan normativ tusdagi xujjatlar qabul qilingan.Korrupsiya BMT xujjatlarida quyidagicha ta'riflangan:
1) mansabdor ishaxslar tomonidan davlat mulkini o'g'irlash, talon-taroj qilish va o'zlashtirish;
2) noqonuniy foyda olish uchun o'z xizmat lavozimini suiiste'mol qilish;
3) ijtimoiy burch va shaxsiy tamagirlik, manfaatlar o'rtasidagi ziddiyat.
Bugungi kunda jahon hamjamiyati shunga amin bo'lmoqdaki, korrupsiya illati, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalari savdosi, qurol-yarog' savdosi kabi xalqaro jinoyatlar bilan bevosita bog'liq. Umuman olganda korrupsiya ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, boshqa tomondan qaraganda huquqni himoya qilish organlarining faoliyatiga jiddiy putur etkazadi. Korrupsiyaning yana bir asosiy omili ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit bo'lib bunga aholining huquqiy bilim va madaniyati, ma'naviyati past darajadaligi, uyushqoqligi etishmasligi va jamoatchilikni faol emasligi kabi omillar sabab bo'ladi.

Xatirchi tuman XTMFMTTEBga qarashli 31-umumiy o'rta ta'lim maktabi
MMIBDO': M.Eshturdiev.
Yoshlarimizni odam savdosidan asraylik.
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot modeli ya'ni taraqqqiyotning o'zbek modelida, bizning yurtimizda shunchaki bozor munosabatlari ustuvor bo'lgan jamiyat emas, balki fuqarolarimizning ezgu manfaatlariga, insoniy hayot talablariga javob beruvchi jamiyat barpo etilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatda moddiy boylik ortidan quvish, qaysi yo'l bilan bo'lmasin nafsiy talablarni qondirish singari yovvoyi istaklarga emas, insonning ham moddiy, ham ma'naviy to'kisligini ta'minlashga asosiy e'tibor qaratiladi. Chunki odamning odob – axloqi, mehr- shafqati, vijdon va andishasi, poklik va halolligi, hayo va ibosi bozorga olib chiqiladigan, bozorga solinadigan narsalar emas. Xalqimiz ne-ne og'ir kunlarda – urush va qatag'on davrlarida ham ochlik va yo'qchilik zamonlarida ham bu yuksak ma'naviy tushunchalarni nafs istaklariga qurbon qilgan emas,odamiylik qiyofasini yo'qotmagan.
O'zbekiston erkin va demokoratik mamlakat sifatida bag'rini dunyoga keng ochar ekan,uning hududida, fuqarolarning ong-u tafakkuriga jahondagi ko'plab ijobiy yangiliklar bilan birga, er yuzining u yoxud bu burchagida paydo bo'lib tarqalayotgan qator illatlar ham yopirilib kirishga muttasil harakat qilmoqda. Ana shunday illatlardan biri odam savdosi illatini inson zotini emiruvchi jiddiy xavf deb sanash mumkin.
Tarixdan ma'lumki milloddan avvalgi davrlarda dunyoni zir titratgan Rim imperiyasi hududida, Misr va yana boshqa qator o'lkalarda jang-u jadallar payti asir tushgan askarlar yoxud bosqinchilar tomonidan fath etilgan hududlarda yashovchi aholi qul sifatida bozorlarga olib chiqilgan, ular xuddi hayvon singari sotilgan .
Albatta, insoniyatning madaniy yuksalishi bu sharmandali holatlarga allaqachon barham bergan, bundan keyin odamning qul qilib sotilishi aqlga chig'maydigan jinoyat hisoblanishi hamma tomonidan tan olingandek ham edi. Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridagi "ishbilarmon” odamlar, guruhlar, markazlar paydo bo'lganki, ular o'sha mash'um savdoni boshqacharoq – "madaniylashgan” shakl-u shamoyilda qayta tashkil qilishga tushganlar- bu esa huquqiy yoki qonuniy tilimizda odam savdosi deb nomlanishi barchamizga ma'lum.
Eng yomoni hali ong-u tafakkuri to'liq rivojlanmagan, keng dunyoqarashga ega bo'lmagan yoshlarimiz ham ushbu illat "qurboniga ” aylanmoqdalar.
Yoshlarni bunday illat domiga tushib qolmasligi uchun, nafaqat yoshlar balki dunyodagi barcha insonlarni bunday illatlardan asrash uchun inson huquqlarini himoya qiluvchi Xalqaro va milliy tashkilotlarimiz, organlarimiz, institutlarimiz, insonlarni meyoriy huquqiy hujjatlar asosida himoya qilishga bor e'tiborini qaratmoqda.
Ushbu masalada yoshlarni quyidagi ayrim ma'lumotlar bilan tanishtirib borsak odam savdosi kabi illatni oldini olishga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz deb o'ylayman.
-yoshlar dunyoning biror joyida tekinga bir burda non berilmasligini, xalq iborasi bilan aytganda, bepul pishloq faqat sichqon tutadigan taxtakachdagina bo'lishligini, eng muhimi – inson hech qaerda o'z yurtidagidek emin-erkin ishlay va yashay olmasligini anglashlari naqadar muhimligini;
-bugungi kunda dunyoda har yili o'rtacha 4,5 million odam qullikni turli ko'rinishlariga mahkum etilayotganligi;
-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 1949 yil 2 dekabr¬dagi 317 (IV)-son rezolyusiyasi bilan ma'qullangan «Odamlar savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan fohishabozlikdan foydalanishga qarshi kurash to'g'risida»gi Konvensiya hamda 2001 yil 28 iyunda BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi 55/25-son rezolyusiyasi bilan qabul qilingan «Trans¬milliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to'g'risida»gi Konvensiya ratifikasiya qilinganligini;
-yurtimiz fuqarolari, birinchi navbatda yoshlarimiz hayoti va taqdirini bu xurujlardan muhofaza qilish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ 911-sonli qarori;
-2008 yil 17 aprelda O'zbekiston Respublikasining "Odamlar savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligi va boshqa hayotiy misollar orqali yoshlarimizga ma'lumotlarni etkazib borsak , bu o'ta xavfli xurujga qarshi samarali kurash olib borgan bo'lamiz.

Xatirchi tumani 24-maktab MMIBDO' Sherzod Bobonazarov

"Odam savdosi va uning muammosi”
Dunyodagi eng katta jinoyatlardan biri odam savdosi jinoyatidir. Bunda kishilarning o'z haq huquqlarini to'la anglamasligi yoki engil boylik ortirish maqsadida o'zini boshqalar ixtiyoriga topshirishdir. Bu maqsadlar odam savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoyatchilar uchun ayni muddao bo'ladilar. Odam savdosining domiga tushib qolish kishilarning mustaqil, erkin fikr yurita olmasligi, o'z haq huquqlarini to'laqonli anglamasligidadir. Mustaqil fikr yuritish, o'zgalarning har bir aytgan so'zlarini to'la idrok etgan holda mulohaza etish, ma'naviyati yuksak kishilar bo'lishlari shart. Bunday maralarga erishishning eng to'g'ri, mulohazalisi ko'p kitob mutoala qilish, kitobxonlik madanichtini ko'tarish, kishini mulohazalikka etaklovchi kitoblarni mutoala qilish lozimdir. Tarbiyaning eng maqsadli o'chog'i bu oila, maktab, mahalladir. Oilada ota-onalar farzandini ilmga, hunarga, bilm olishga o'rgati, maktablarda esa bunday kishilar bilan do'stlashish, ular bilan hamsuhbat bo'lish yomon oqibatlarga olib kelishlarini uqtirishimiz, eng avvalo bolalar ongida zrarli illatlar uchun bo'sh joy qoldirmasdan ongini vatanga muhabbat, insoniylik xislatlari, mehnatsevarlik, kitobxonlik, milliy g'oyalarimizni singdirishimiz zarurdir.
Ta'lim-tarbiya jarayonida turli ma'naviy ma'rifiy tadbirlar, ziyoli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar, odam savdosidan jabrlanganlar hayoti haqida turli filmlar, ko'rsatmalar, fotolavhalar, qolaversa o'zlari bilan mahalla bilan hamkorlikda uchrashuvlarni tashkil etish lozim.
Odam savdosi domiga tushgan ko'plab kishilar bu hayotdagi eng katta ne'mati sog'ligidan ayrilib tuzalmas xastaliklarga chalinmoqdalar. Bu esa o'z oila a'zolarini ham ushbu xastaliklarni yuqturishi, qolaversa o'z vatandaoshlari hayotini ham katta xavf ostiga qo'ymoqdalar. Ular o'zlari bilan OITS, OIV, sil, psixik, o'tkir yuqumli kasalliklarni o'zlari bilib bilmagan holda o'z yurtiga olib kelib vatanimiz, millatimiz taqdiriga daxl qilmoqdalar. Turli kishilarning yaxshi ish topib berishlariga ishonib diniy ekstrimizm ta'siriga tushib qolishlari, yod kishilar bilan hech narsani tushunmagan holda jang maydonlariga kirib halok bo'lishlari, yoki nogiron bo'lib qolishlari hech gap emas.
Ularning ota-onalari farzandim chet elda ishlamoqda, mumay pul topib kelishlariga ishonib farzandining dog'ida kuyib qolishmoqdalar. Orqasida qolgan farzandlari, oilasi erta kelsalar yaxshi yashashlariga umid qilib qolmoqdalar.

Xatirchi tuman XTMMTTEBga qarashli 23-umumiy o'rta
ta'lim maktabi direktori S.Boboyorov
 
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi”

To'g'rilik, mardlik va halollikka o'rgatishni bolalikdan boshlash lozimligi ta'kidlanadi. Adolatsizlikka, qonunga hurmatsizlikka, kasbu- hunarga, ishonchga xiyonat qilib bo'lmasligini o'qib-o'qqan, poraxo'rlik va korrupsiyaga, suiste'molchilikka qarshi kurashda o'zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur'atli, vijdonli inson bo'lib etishadi. Yoshlarga davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon etkazadigan, tanish –bilishchilikni o'ylab mahalliychilikka yul qo'yish, inson qadr-qimmatiga rahna solmaslik, albatta kishilarni halol ishlash va yashashga chorlash kerakligini ta'kidlashimiz lozim. 2017-yil 4 yanvarda kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonunida korrupsiyaga shunday ta'rif berilgan. Korrupsiya-shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan yoxud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. Mazkur qonun bilan yaqindan tanishish, uning har bir moddasini chuqur o'rganib, hayotga tadbiq etish, poraxo'rlik balosining naqadar mudhish illat ekanini tushunish, mustaqil idrok etish, eng muhimi, unga qarshi kurashish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Qonunga amal qilish, adolatparvarlik, mas'uliyatni his qilish, o'z vazifasiga vijdonan yondashish har bir davlat xizmatchisining odob-ahloqini belgilaydi. Shu bois, inson halol va haqiqatparvar, xalq uchun qayg'uradigan kishi bo'lishi, o'z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo'ymasligi kerak. Odob-axloq qoidalarida barcha davlat xizmatchilari o'z lavozim burchini bajarish chog'ida moddiy boylik olishi yohud jismoniy yoki yuridik shaxsdan manfaat kutishi taqiqlanadi. Korrupsiya va poraxo'rlikka qarshi kurashish va profilaktikasiga ko'maklashish belgilab qo'yilgan. Ta'lim sohasi uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xalq bilan muloqat qilish, fuqoralarning korrupsiya bo'yicha huquqiy ong va tushunchalarini boyitish maqsadida ta'lim sohasida turli targ'ibot-tashviqot tadbirlari o'tkazilayapti. Uchrashuv va davra suhbatlarida korrupsiya-taraqqiyot kushandasi ekani, poraxo'rlikka aloqador odam qonunni buzishidan tashqari o'zligini yo'qotishi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo'yishi bilan teng ekani alohida ta'kidlanadi.

Xatirchi tuman XTMMTTEBga qarashli 11-umumiy o'rta
ta'lim maktabning MMIBDO' M.Raxmonova
 
KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIK 
Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o'tish, afsuski, korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. Shu bilan birga, jinoyatchilikning o'sishi nafaqat islohatlar yo'liga jiddiy to'siq, balki o'tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham qarshi bevosita tahdid to'g'diradi.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari O'zbekiston Respublikasi bundan holi emas. Albatta, bu borada keng tarqalgan va umum e'tirof etilgan bir fikrni, ya'ni totalitarizmdan demokratiya va bozor munosabatlariga o'tishdek murakkab moxiyatan asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilmalarini sindirib tashlashni anglatadi, bu esa axloq-odob meyorlariga salbiy ta'sir etadi va jinoyatchilik hamda korrupsiya muqarrar ravishda kuchayadi degan xulosani eslatib o'tish mumkin. Lekin bu hodisalar davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi va pirovardida yosh istiqlolimizga qanday tahdid solishini chuqur tushunish uchun, aftidan birgina shu ta'rifning o'zi kamlik qiladi.
Jamiyatda jinoiy "hufyona iqtisodiyot”ning mavjud bo'lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo'g'inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo'ldan ozdiruvchi ta'siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib u eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo'lish yoki to'g'ridan-to'g'ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik korrupsiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tufayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to'g'ridan-to'g'ri taxdiddir.
Mamlakatimizning kelajagini va obro' e'tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu taxdidni esda tutmog'i darkor. Halol mehnat qilish kuch g'ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo'lishni istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik fuqarolik jamiyatida sevilizasiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to'la to'kis foydalaninishni orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo'liga o'z vaqtida zarur to'siq qo'yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab etmog'i lozim.
Mamlakatimizda shubhasiz, jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari ko'rilmoqda, fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi jinoyatchilik doimo davlat tomonidan qattiq nazorat qilib boriladi. Jinoyatchilik keng avj olib ketishiga va korrupsiyachilar domiga ilingan amaldorlarning beboshligiga yo'l qo'ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora-tadbirlar ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi.
Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashning mantiqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish yo'lidan yanada izchil borishni, halol tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta'minlash ba'zan uning yo'lida saqlanib qolayotgan ko'plab byurokratik sansalorliklar va to'siqlarni bartaraf etishni talab qiladi.
O'zbekiston butun huquq va sud tizimini takomillashtirish dasturini mamlakat ichidagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kuchli chora deb hisoblamoq darkor. Bir tomondan, Qonunning mutloq ustunligi va fuqarolarning huquqlari kafolatli himoya qilinishi ushbu dasturning maqsadi bo'lishi lozim. Ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni huquqiy tarbiyalashni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish nihoyatda zarur.
Fuqarolarimizning huquqbuzarlikka qarshi ichki imkoniyatlari va yuksak darajadagi axloqi jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatga olib kiradigan emirilishdan eng yaxshi himoyadir. Oilada, maktabda, mehnat jamoasida, mahallada olib boriladigan axloqiy tarbiya, jamoatchilik fikrining kuchi, ommaviy axborot vositalari, ruhoniylarining obro'-e'tibori – hamma-hammasi odamlarimizda Qonun buzilishi bilan bog'liq har qanday hatti-harakatlarga nisbatan barqaror qarshilikni shakllantirishga qaratilmog'i lozim.

Xatirchi tumani 1-maktab MMIBDO' A Shamsiev.
 
 

Odam savdosiga qarshi kurashda birlashaylik
Odam savdosi –davr muammosi


Mamlakatimiz tinch, yurtimiz obod va yuksalish yo'lidan shaxdam qadamlar bilan bormoqda. Har tong qushlarning chug'ur-chug'uridan uyg'onib,oilada ertalabki nonushtani qilib,shunday tinch, osoyishta va farovon hayotimiz uchun shukronalik bildirib,farzandlarimizni kiyintirib,maktabga jo'natamiz, so'ngra o'z ishimizga shoshilamiz.
Tinchlik-bu shirin hayotimiz shartidir. Tinchlik degan muqaddas tuyg'uni asrash,ayniqsa hozirgi globallashuv davrida har bir fuqaroning maьsuliyati va insoniy fazilatlarning o'zida nechog'li mujassamlashtirganiga bog'liq bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilgi mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida oila asoslarini yanada mustahkamlash haqida o'zining qimmatli fikrlarini bildirib, biz uchun muqaddas bo'lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash,xonadonlarda tinchlik xotirjamlik, ahillik va o'zaro xurmat muxitini yaratish,maьnaviy-maьrifiy ishlarni aniq mazmun bilan to'ldirishdan iborat bo'lmog'i lozimligini taьkidlab o'tdi. Ayollar o'rtasida jinoyatchilik,oilalarda ajralishlar ko'paygani,yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar taьsiriga tushib qolayotgani kabi xalqimizga xos bo'lmagan achchiq va noxush masalalarni oldini olish vazifalari hurmatli Prezidentimiz tomonidan alohida qayd qilib o'tildi.
Hozirgi davrning muommolaridan biri odam savdosi muommosidir.
Oilada dunyoga kelgan qiz-u-o'g'ilning buguni, ertasi,sog'ligi,nurli hayoti uchun qancha insonlar tunu-kun izlanishda. Voyaga etgan qizlar va ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, himoya qilish uchun davlatimiz tomonidan qancha chora tadbirlar ko'rilmoqda. Ammo ayollarimizni,qizlarimizni yovuzliklardan,turli tashqi taьsirlardan himoya qila olyapmizmi? Bir burda nonni o'z oilasi bag'rida, hotirjam eyishidan ko'ra olisda yaraqlagan "Olmos ” ni orzu qilib xorijga talpinayotgan yoshlar haqida qanday hukm chiqara olamiz? Bugungi kunlarda horijga chiqib ishlab, katta miqdordagi mumay pul topish, mol- dunyo orttirish vasvasasiga uchrayotgan yoshlvarimiz kam emas. Lekin ularning ko'pchiligi orzu-havas yo'lida qurbon bo'layotganidan qattiq pushaymon qilmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 60% foizini yoshlar tashkil qilishini nazarda tutsak,ular uchun kasb-hunar egallashga barcha shart-sharoitlar yaratilgan.O'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish uchun kam foizli kreditlar ajratilmoqda. Ro'yxatga o'tgan o'quv markazlari va o'quv kurslarida o'z bilimi va hunarini mustahkamlab kelajak faoliyatini belgilab olishga yoshlar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.
Bugungi kunda odam savdosi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammolardan biridir.Garchi ommaviy axborot vositalari tomonidan uning oqibatlari haqida ma'lumotlar berib borilayotgan bo'lsada,uning sirtmog'iga ilinib qolish holatlari uchramoqda.Achinarlisi,odam savdosi jinoyatidan jabrlanganganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.Ayrim kishilarning ishonuvchanligi,etarli huquqiy bilimga ega emasligi bu jinoyatning keskinlashuviga sabab bo'lmoqda.
Shu bois ushbu jinoyatga qarshi samarali kurash olib borishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyatga ega.Mamlakatimizda ham bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha 60 dan ortiq xalqaro xujjatlarga qo'shilgan va V M T tomonidan mazkur sohada qabul qilingan 6 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylangan.
Odam savdosi-inson hayoti,erkinligi va huquqlarini poymol qilib,ularning taqdiri kelajagini oyoq osti qilishdek og'ir va jirkanch jinoyat hisoblanadi.Odam savdosi deyilganda kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish,o'g'irlash, firibgarlik, aldash yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to'lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og'dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash ,tashish,topshirish,yashirish yoki qabul qilish”ni anglatadi.
4-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Odam savdosiga qarshi kurashda birlashaylik” mavzusida 9-sinf o'quvchilari o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.Unda maktabimiz direktori P.Narzullaev,ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari X.Xofizov hamda maktabimiz psixologi M.Xamidovalar qatnashib,o'quvchilarga odam savdosi va uning zararli oqibatlari to'g'risida o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Davra suxbatida o'quvchilarga quyidagi savollar berildi.
1.Odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni qaysi davlat organlari amalga oshiradi?
-Ichki ishlar vazirligi;
Milliy Xavfsizlik Xizmati;
Tashqi ishlar vazirligi;
O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
Sog'liqni saqlash vazirligi;
2."Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonun haqida nimalarni bilasiz?
-"Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonun 2008- yil 17- aprelь kuni birinchi Prezidentimiz tomonidan imzolandi.Qonun 4- bob 17- moddadan iborat ushbu qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
3."Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining qarori haqida nimalarni bilasiz?
- O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining -"Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 911-sonli Prezident qarori 2008- yil 8- iyulda qabul qilingan.
4.Odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiyasining vazifalari haqida qanday tushunchalarga egasiz?
-Odam savdosidan jabrlanganlarga qulay yashash va shaxsiy gigiena sharoitlarini ta'minlash,
-Jabrdiydalarni oziq-oaqat darmon va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash ularga shoshilinch tibbiy psixologik –ijtimoiy,yuridik va boshqa xil yordam berish.
-Ularning xavfsizligini muxofaza qilish,
-Jabrlanganlarning qarindoshlari bilan aloqa o'rnatishiga ko'maklashish,
-Jabrdiydalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari to'g'risida axborot berish,
-Jabrlanganlarni ijtimoiy riabilitatsiya qilishga ko'maklashish.
5.Odam savdosidan jabrlanganlar qanday kasalliklarga chalinishlari mumkin?
-Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
-Gonoreya (so'zak)
-Sifilis (zaxm)
-Xlamidioz (bakteriyali kasallik)
-Kandidoz (zamburug'li kasallik)
-Teri kasalliklari
-Sil va boshqalar
Davra suhbati yakunida o'quvchilar tomonidan "Pul topaman deb, aldanib qolma!” mavzusidagi sahna ko'rinishi namoyish etildi.
Hozirgi davrda odam savdosi va unga qarshi kurash muommosi har bir fuqaroning maьsuliyatli vazifasiga aylanmog'i lozim.

Xatirchi tumani 4- umumiy o'rta taьlim maktabi amaliyotchi psixologi : Xamidova Munavvar
Markaziy Osiyoda diniy ekstremizmga qarshi kurashning dolzarb yo'nalishlari
Yurt taqdiri uchun ma'sul hisoblovchi har bir inson, avvalombor, davlatimiz va jamiyatimiz tinchligiga rahna solishga urinayotgan yovuz kuchlarning manbasi, mohiyat-mazmuni haqida aniq tushunchalarga ega bo'lishi va xalqimizni ushbu tahdidlardan ogoh qila bilishi kerak. Diniy ekstremizm - separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish ya'ni, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish, aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, qirg'in solishga yoki fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish g'oyalarini ilgari surib kelayotgan uyushgan guruxlar tuzilmasidir.
Keyingi vaqtlarda diniy ekstremistik aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish va "Internet” orqali targ'ibot o'tkazish kabi usullarga tayangan holda amalga oshirishga urinmoqdalar. Natijada aqidaparastlar to'riga ilinganlar qonli to'qnashuvlar ketayotgan hududlarga jo'natilmoqda. Bir so'z bilan aytganda aqidaparastlar tomonidan "Internet orqali g'oyaviy og'u” tarqatish avj olmoqda .
Shuningdek xorijga ish axtarib ketgan ayrim yoshlarimiz diniy ekstremistik oqim (DEO) a'zolarining ta'siriga tushib, yurtga qaytgandan so'ng yon-atrofdagilardan "jamoat” tuzishga, ularni "hijrat”ga olib chiqishga qaratilgan harakatlar sodir etayotgani achinarli xol . Bu kabi yomon illat albatta yurtimiz tinchligiga xam raxna solishi mumkin.
Tinchlik - urush va nizolarga barham berish orqaligina ta'minlanadi. Afsuski, bugun dunyoda turli qarama-qarshilik va ziddiyatlarni keltirib chiqarish yo'li bilan o'z maqsadlariga erishishni ko'zlaydigan mana shunday DEO kuchlari bor. Shunday "tinchlik kushandalari” bor ekan, sun'iy ravishda nizoli vaziyatlarni vujudga keltirishga qaratilgan harakatlar ham to'xtamaydi. Bunga Afg'oniston, Pokiston, Iroq, Suriya kabi mamlakatlardagi qonli to'qnashuvlar miMutaassiblar tomonidan jamiyatda ommaviy vahima uyg'otish maqsadida tinch aholini bozor, masjid, ko'cha kabi odam gavjum joylarda portlatib yuborilmoqda, ijtimoiy soha xodimlari yakka terror usulida o'ldirilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O'zbekistonni dunyoviy-ma'rifiy va demokratik taraqqiyot yo'lidan og'dirishga harakat qilayotgan turli aqidaparast guruh a'zolari irodasi