Mutaxassis: Bekkulov Farhod
tel: 224-95-01
elektron pochta: 
 
Moliyalashtirish va moddiy ta'minot bo'limi boshlig'i quyidagi vazifalarni amalga oshiradi
Boshqarmaning Moddiy ta'minot, reja-iqtisod, qurilish va xo'jalik ishlarini nazorat qiladi.
Ta'lim muassasalarini moddiy-texnika ta'minoti, ta'lim sohasiga ajratilgan fondlarni o'z vaqtida olish uchun talabnomalar tayyorlashni va bajarilishini nazoratga oladi. Ta'lim muassasalarini yangi xo'jalik sharoitiga o'tkazishini tashkil etadi va statistik tahlilga rahbarlik qiladi. Ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo'yicha Xalq ta'limi vazirligining ko'rsatmasiga muvofiq xalqaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtiradi.
Markazlashgan holda keladigan jihozlarni belgilangan rejaga asosan taqsimoti asosida joylarga etib borishini nazorat qiladi. Yangi o'quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o'z yo'nalishi bo'yicha muvofiqlashtiradi. Ta'lim muassasalari yarmarkalarini tashkil etish ustidan rahbarlik qiladi.
Ta'lim muassasalarida oshxonalar va ovqatlanish shahobchalari (oshxona va bufetlar) ustidan nazorat o'rnatadi.
Ta'lim muassasalarini jihozlar bilan ta'minlash bo'yicha muvofiqlashtirish Kengashi ishiga rahbarlik qiladi. "Ta'lim-ta'minot" DUK va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik o'rnatadi.
Yuqori tashkilotlardan kelgan xat, buyruq, qarorlarning o'z bo'limida ijrosini ta'minlash va bajarilishini nazorat qiladi.
Ta'lim sohasiga xorijiy moliyaviy tashkilotlar va davlatlar investisiyasini jalb qilish hamda uni rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalar va hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.
O'z bo'limidagi barcha xodimlarning ish faoliyati hamda buxgalteriya, xo'jalik ishlari ustidan nazorat o'rnatadi. Xodimlariga berilgan topshiriklarning bajarilishini nazorat qiladi.
Boshqarmadagi komp'yuterlar, modem, faks, elektron pochta va nusxa kupaytirish apparatlarining doimiy ishlashi ustidan nazorat o'rnatadi.
Viloyatdagi barcha ta'lim muassasalarida sanitariya-gigienik holatini, obodonlashtirish ishlarini hamda bu yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qiladi va ma'lumotlarni umumlashtiradi.

Moliyalashtirish va moddiy ta'minot bo'limi mutaxassisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi

Bo'lim boshlig'i bilan birgalikda viloyatdagi ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini nazorat qiladi. Boshqarma tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari binolarini saqlanishi bo'yicha tahliliy monitoring olib boradi.
Ta'lim muasasalarini yoqilg'i (ko'mir, gaz va suyuq yoqilg'i) bilan ta'minlanishini nazorat qiladi. Viloyat ta'lim muassasalarini Yangi o'quv yili kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash bo'yicha tuman (shahar) XTMFMTTEB dan ma'lumotlar olib umumlashtirib Xalq ta'limi vazirligi hamda viloyat hokimligiga ma'lumotlar taqdim etadi.
Ta'lim muassasalarida mavjud bo'lgan yakka tartibdagi, katta hajmdagi, golland va boshqa pechlari bo'yicha hisobotlarni yuritadi va bo'lim boshlig'iga hisobotlarni taqdim etadi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasida kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarlik bo'yicha tuzilgan shtab yig'ilishi va ta'lim muassasalarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarligi bo'yicha qabul qilish komissiyasini bayonnomasini yuritadi va bunda boshqarmaning Xo'jalik ishlari mudiri yordamlashadi.
Bo'limda tashkil etilgan jildlarni tartibga soladi. Bo'lim boshlig'i huzurida o'tkazilgan yig'ilish bayonnomasini yuritadi.