MUNOSABAT

MUNOSABAT

   Navoiy viloyati Uchquduq tumani 3-umumta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilariga darsliklar etishmovchiligi ("Ozodlik” ijtimoiy kanalining yangiliklarida uzatilgan) yuzasidan viloyat xalq ta'limi boshqarmasining munosabati 
   Mazkur holatga aniqlik kiritish yuzasidan 2019 yil 6 sentyabr kuni Uchquduq tuman xalq ta'limi bo'limining ishchi guruhi tuzilib, ishchi guruh tomonidan tumandagi 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilariga darsliklar etishmovchiligi yuzasidan "Ozodlik” ijtimoiy kanaliga yuborilgan xabar yuzasidan o'rganish o'tkazildi. 
  Aniqlangan holatlarga ko'ra Uchquduq tumani 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2018-2019 o'quv yilida 1 ta 4-sinf guruhi mavjud bo'lib maktab tomonidan shakllantirilgan darsliklar buyurtmasiga asosan maktabning 4-sinf o'quvchilariga 27 to'plamdagi darsliklar 2017 yilda etkazib berilgan. 
  2019-2020 o'quv yilida ushbu maktabda 2 ta 4-sinf tashkil etilib jami o'quvchilar soni 65 nafarni tashkil etadi. 
2019-2020 o'quv yilida maktabda etishmaydigan darsliklarga maktab rahbariyati tomonidan berilgan buyurtma asosida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 12 avgustdagi 01-2919-sonli xatiga ko'ra Navbahor tumani zahirasidagi 38 to'plam darsliklarning 18 to'plami hamda Uchquduq tumanidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi zahirasidagi ortiqcha 20 to'plam darsliklar 2019 yil 4 sentyabr kuni 3-umumiy o'rta ta'lim maktabiga etkazib berilgan.
  Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 6 sentyabr kuni tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri, maktab direktori hamda 4-sinflarning rahbarlari tomonidan maktabda o'quvchilar to'liq darsliklar bilan ta'minlanganligi haqida viloyat xalq ta'limi boshqarmasiga ma'lumot taqdim etildi.
  Yuqoridagilarga asosan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Uchquduq tumani 3-umumta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilariga darsliklar etishmovchiligi ("Ozodlik” ijtimoiy kanalining yangiliklarida uzatilgan) yuzasidan yuborilgan murojaatini asossiz deb hisoblaydi.
  O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2014 yil 2577-son raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan "Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari asosida 2019 yil 4 sentyabr kuni Uchquduq tuman 3-umumiy o'rta ta'lim maktabining barcha sinflarida o'quvchilar darsliklar bilan to'liq ta'minlangan.
 
Boshqarma matbuot xizmati.
 

O'xshash yangiliklar