CHEMPIONLAR BILAN UCHRASHUV

CHEMPIONLAR BILAN UCHRASHUV

Jahon va Osiyo birinchiliklarida ishtirok etgan viloyatimizning g'olib va sovrindorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 sentyabrdagi "O'zbeksiton Respublikasi aholisi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish to'g'risida”gi 08/2-2342-sonli farmoyishi hamda Xalq ta'limi vazirligining 6 oktyabrdagi 02-72-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash hamda Navoiy shahri va "Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 60 yilligi munosabati bilan Jahon va Osiyo birinchiliklari hamda xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan viloyatimizning g'olib va sovrindorlari bilan joriy yilning 22 noyabr kuni Navoiy shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida "O'zbek o'g'il-qizin taniydi dunyo” shiori ostida master-klass hamda davra suhbati bo'lib o'tdi.
2018 yil 23 noyabr kuni Karmana tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Sportdagi parvozing yuksalaversin” shiori ostida master-klass va davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'xshash yangiliklar