XTV IT-NATION LOYIHASINI BOSHLADI

XTV IT-NATION LOYIHASINI BOSHLADI

 O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi informatika bo`yicha o`quv dasturini qayta ko`rib chiqish uchun IT-Nation loyihasini boshladi. Loyiha maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari sohasidagi kasblarda ishlash uchun kerakli bilimlar bilan tayyorlashga qaratilgan. Bu haqda Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov GDG-Tashkent — DevFest festivali ochilishida e’lon qildi.
Axborot texnologiyalari sohasi dunyoda eng tez rivojlanayotgan sanoatlardan biridir va O`zbekiston AKT sohasida mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqara oladigan va eksport qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga o'z diqqatini qaratish kerak, deb aytdi vazir. Buni hisobga olgan xolda, Xalq ta’lim vazirligi informatika fani o`quv dasturi va darsliklarini zamonaviy talablarga javob berishi uchun qayt ko`rib chiqishni boshladi.
IT-sanoati yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etadi va ular ish topishlari va maktabni bitirganlaridan so`ng internet orqali, mamlakatni tark etmasdan, munosib pul ishlashlari mumkin. Hozirda bir necha universitetlar bu sohada mutaxassislar tayyorlamoqdalar, lekin xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda bolalarni dasturlash asoslariga maktabdan boshlash lozim, dedi vazir.
"Hozirgi bizning o`quv dasturlarimiz tayyor dasturiy mahsulotlardan foydalanishni o`rgatishga qaratilgan, dasturlovchilarni tayyorlash uchun emas. IT-Nation loyihasining asosiy maqsadi vaziyatni o`zgartirish va kelajak dasturchilari, dizaynerlari va sinovchilari va axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash hamda kelajak kasblarini o`zlashtirish uchun sharoitlar yaratishdir”, - dedi vazir.
Sherzod Shermatov IT-hamjamiyatini informatika fani o`quv dasturini transformatsiyasida ishtirok etishga chaqirdi. Bunga sabab soha vakillari 5−10 yildan keyin qanday mutaxassislar va ko`nikmalar kerakligini yaxshiroq biladilar. IT-sohasi vakillari ishchi guruh tarkibiga kirishlari yoki o`z g`oyalari va takliflari bilan informatikauz@gmail.com va informatika@xtv.uz.elektron manzillari orqali bo`lishishlari mumkin.
Vazir yoshlarni o`z oldilariga katta maqsadlar qo`yishga chaqirdi va misol sifatida Toshkent shahridagi Inha universitetini keltirdi. Besh yil avval universitet yaratilishi chog`ida O`zbekistonning eng zo`r oliy ta’lim muassasalaridan birini yaratish maqsadi qo`yilgan edi. Hozirgi kunda universitet eng zo`r abituriyentlar o`qishni istaydigan joyga aylandi.
GDG-DevFest festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil o`tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq bo`lmagan kishilar Google kompaniyasining so`ngi texnologiyalari va ishlanmalari haqidagi yangiliklardan xabardor bo`lishadi.
GDG-Tashkent – DevFest festivali GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Google kompaniyasi, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O`zbekistondagi vakolatxonasi ko`magida tashkil etildi.
 manbaa: uzedu.uz

O'xshash yangiliklar