XALQARO BAHOLASH DASTURLARI TADBIQ ETISH YO'LLARI

XALQARO BAHOLASH DASTURLARI TADBIQ ETISH YO'LLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi "Yoshlarni ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-3907-sonli, 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarorlari va 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5538-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Ulug‘berdiev tashabbusi bilan  joriy yilning 22-30 noyabr kunlari,  ta’lim- tarbiya sifati hamda mazmuniga innovatsion g‘oyalarini joriy etish bo‘yicha  Navoiy shahridagi 6-,7-, 8-, 13- umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 4-,11-, 12- DIUMlarida  viloyat miqyosidagi o‘quv-amaliy, metodik seminarlar tashkil etildi.  
Joriy  yilning 22 noyabr sanasida  Navoiy shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim-tarbiya jarayonida  tadbiq etish yo‘llari” mavzusidagi metodik-amaliy seminari tashkil etilib, unda    o‘quvchilar bilimi darjasini baholash bo‘yicha  xalqaro baholash dasturlari va tadqiqotlar ( PISA  PIRLS, TIMSS)i asosida  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 
 Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o‘tkazishda 
xalqaro  PISA  baholash dasturidan foydalanish haqida maktab direktori Tuxfatullina Dilyara  Temurovna   seminar qatnashchilariga  taqdimotni taqdim etdi. O‘z taqdimoti bilan yurtimizda  ta’lim sohasidagi innovatsiyalar, ularning  davlat va jamiyat   rivojidagi  muhim o‘rni  to‘g‘risidagi fikrlar  orqali seminar ishtirokchilari bilan  o‘rtoqlashdi. 
Ma’lumki, RISA -Programme for International Student Assessment   PISA– turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dasturdir. 
Bu dasturda testlar Iqtisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda etakchi xalqaro ilmiy tashkilot bilan milliy ta’lim markazlar ishtirokida tashkil etiladi
Ushbu tadqiqotda Iqtisodiy Ko‘mak va Rivojlantirish Tashkilotiga kiruvchi davlatlar va shu tashkilot  bilan xamkorlikdagi boshqa davlatlar ham ishtirok etadi.  
Bu dasturda qatnashishdan maqsad testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, balki o‘quvchilarimizda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanishini  o‘qituvchilar Hayitova Surayyo , Umidova Munisxon,  Orziqulova Gulchehra, Shukurova Nargiza, Po‘latova Oysuluv, Rasulova Mayram,  Tazieva Emilya o‘zlarining  tajriba  maydonchalari va laboratoriya mashg‘ulotlarida  aks ettirdilar.
Seminar  ishtirokchilarida  ushbu  innovatsiyaga  bo‘lgan qiziqish ortib,  viloyatimiz  tumanlaridan  tashrif  buyurgan vakillarda  o‘zlari faoliyat yuritayotgan  maktab pedagoglar jamoasida xalqaro baholash dasturlari ( PISA, PIRLS, TIMSS)ning o‘rganilishini  yo‘lga  qo‘yish  ishtiyoqi tug‘ildi.
Zero  yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich ta’kidlagani kabi  "Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan yoshlar har qanday muammoni hal etishga, eng murakkab vazifalarni ham bajarishga qodir bo‘ladi”!
 NAVOIY SHAHAR 7-MAKTAB 
INGLIZ TILI O‘QITUVCHISI
  UMIDOVA MUNISXON

O'xshash yangiliklar