MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI

MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI

  "Ta'limda islohotlar: o'zgarishni o'zimizdan boshlashimiz shart!", "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari!" shiori ostida tashkil etilgan yangi 2019-2020 o'quv yili yangicha tashabbuslar bilan davom etmoqda. Navoiy viloyat hokimi Tursunov Qobul Beknazarovich joriy yilning 10 sentyabr kuni Navbahor tumanidagi 9, 21-umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars o'tdi. Bu mashg'ulot tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyati va mahoratini, mas'uliyatini yanada oshirishga xizmat qilgan bo'lsa, yoshlarimizni kelajakka bo'lgan ishonchlarini ortishiga xizmat qildi. Dars so'nggida viloyat hokimi tomonidan o'quvchilarga sovg'a qilingan badiiy kitoblar ularda kitobga bo'lgan mehrni, ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirdi.
MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI
Boshqarma matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar