SHOIRA HAYOTI BIZ UCHUN IBRAT

SHOIRA HAYOTI BIZ UCHUN IBRAT

   Quyoshli o'lkamizning fusunkor bahori bugun ilk poyqadamini bizning maktabimizdan boshladi, - deydi Navoiy shahridagi 7-umumta'lim maktabi direktori Dilyara Tuxfatullina.
   Maktabda ko'tarinki ruhda o'tkazilgan "Zulfiya – tong kuychisi” nomli adabiy-badiiy kechada ko'klamoyning nafasi bilan birga xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiya Isroilovaning sharaflarga to'liq hayoti ko'z o'ngimizda jonlandi, go'yo. Shoiraning turmush o'rtog'i, ustozi, o'zbek she'riyatining yalovbardorlaridan biri Hamid Olimjonning "O'rik gullaganda”, "Eng gullagan yoshlik chog'imda” she'rlarining mayin taronasi jo'rligidagi raqslar davraga o'zgacha fayz kiritdi. "Bahor keldi seni so'roqlab”, "Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh”, "Sensiz”, "Sen qaydasan, yuragim” kabi vafo, sadoqat, sog'inchga yo'g'rilgan she'rlarni maromiga etkazib, jonli, ifodali aytgan o'g'il-qizlar yig'ilganlar yuragini ham insoniylik tuyg'ulari bilan bezadi.
O'quvchilarning mahorat bilan ijro etgan monolog va sahna ko'rinishlarida Zulfiyaxonim va Hamid Olimjonning orzuga to'la bahori, qiyg'os gullagan muhabbati, achchiq qismati, metin irodasi jonli gavdalantirildi.
  Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari tomonidan tayyorlanayotgan shu kabi tadbirlar yosh avlodni, albatta, buyuk orzularga, vafodorlikka, shukronaga, hayotsevarlikka o'rgatadi.

O'xshash yangiliklar