TASHABBUSGA HAMOHANG FESTIVAL

TASHABBUSGA HAMOHANG FESTIVAL

  Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yurtimizda keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablardagi zukko va bilimga chanqoq, yangilikka o‘ch o‘quvchilar tashabbus doirasida turli o‘yinli, kreativ tadbirlarni ustozlari rahbarligida tashkillashtirib kelmoqda.

Navoiy shahridagi 4-alohida fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashgan maktabda "5 muhim tashabbus bizning qalbimiz va shuurimizda” shiori ostidagi festival yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Maktab direktori vazifasini bajaruvchi X.Aliqulov va Yu.Rustamov rahbarligidagi informatika o‘qituvchilari hamkorligida ishlab chiqilgan ssenariy asosida tashkil etilgan teatrlashtirilgan tadbirda o‘ziga xos, esda qolarli gimnastikachilar chiqishi, qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari, rasmlar tanlovi hamda 9-sinf o‘quvchilarining kibersport bo‘yicha bellashuvlari joy olgan.

  Festivalning eng qiziqarli qismi o‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan robotlar kostyumi ko‘rgazmasi bo‘ldi. Maktab uchun kutilmagan yangilik, aytish mumkinki, yuqori texnologiyali g‘oya bo‘lgan bu chiqish ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Bolalar temirtan yordamchilar kostyumlarining turli-tuman: oddiydan tortib, aylanuvchi vintli, nurlanuvchi lazerli va boshqa turlarini taqdimot qilishdi. Haqiqiy robotlardek harakat va libos alohida uyg‘unlik kasb etdi.

  Tadbir iqtidorli, qo‘li gul o‘quvchilarni jamlab, zaldagi kichik va katta yoshdagi o‘quvchilarga hayajon yuqtira oldi hamda ota-onalarga ham manzur bo‘ldi. Eng asosiysi, qatnashchilar va hakamlar hay’ati ham e’tibordan chetda qolmadi. Oliqshlar jo‘rligida ularga diplomlar va sovg‘alar topshirildi.

O'xshash yangiliklar