MAHORAT VA IJOD NAMOYISHI

MAHORAT VA IJOD NAMOYISHI

   Barchamizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2019 yil 15 martdagi 92-sonli "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovini o'tkazish to'g'risidagi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2019” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi joriy yilning 11-14 sentyabr kunlari Respublikamizning barcha viloyatlarida fanlar kesmida jumladan: Toshkent viloyatida-ona tili va adabiyoti fani, Toshkent shahrida - jismoniy tarbiya fani, Andijon viloyatida - matematika fani, Qashqadaryo viloyatida-informatika va axborot texnologiyalar fani, Buxoro viloyatida - fizika fani, Sirdaryo viloyatida - biologiya fani, Jizzax viloyatida- kimyo fani, Samarqand viloyatida-geografiya fani, Farg'ona viloyatida - Davlat tili fani, Surxondaryo viloyatida - boshlang'ich ta'lim fani, Xorazm viloyatida - Davlat va huquq asoslari fani, Namangan viloyatida-musiqa fani, Navoiy viloyatida - ingliz tili fanlaridan bo'lib o'tmoqda. 
   Yuksak kasb mahoratiga ega, ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, kasbiy mahoratining ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, aniqlangan ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida mahorat va ijodga boy jarayon ya'ni "Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi-2019” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichini ochilish marosimi joriy yilning 11-sentyabr kuni Navoiy shahar 12-AFChO'IU maktabida xalq ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari ingliz tili fani o'qituvchilari o'rtasida bo'lib o'tdi. Tadbirni ochib berish uchun Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimi N.Alimova so'zga chiqib tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat va zafarlar tilab, hakamlar hay'atini odilona baholashi haqida hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Ulug'berdiev barcha viloyatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni tabriklab, ishtrokchilarga omad tilagan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875-sonli qarori ijrosi xalq ta'limi tizimida chet tillarni o'qitilishida katta muvoffaqiyatlarga erishayotganligi bu hozirda yosh kelaj avlodning ingliz tili faniga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo'layotganligi to'g'risida gapirib o'tdilar.  11-12 sentyabr kuni tanlov ishtirokchilarinig mavzulari va sinflari aniqlandi. O'qituvchilarga dars o'tishlari uchun sinf xonalari tayyor holatga keltirilib, darsga tayyorgarlik ko'rishlari hamda ko'rik-tanlovning uchinchi sharti – onlayn testni o'tkazish bo'yicha maktabda barcha sharoitlar yaratib berildi.
Mahorat va ijodga boy jarayonlar davom etmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!
MAHORAT VA IJOD NAMOYISHI

O'xshash yangiliklar