MUNOSABAT

MUNOSABAT

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ("NavoiyKanal” ijtimoiy kanalining yangiliklarida uzatilgan) "Zarafshon shahriga yangi maktab qurilgan, stol-stul berilmadi, eski SSSR davriga qaytobmizmi” nomli 2019 yil 10 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqqa chiqqan xabar yuzasidan viloyat xalq ta'limi boshqarmasining munosabati

   Mazkur holatga aniqlik kiritish yuzasidan 2019 yil 10 sentyabrь kuni Zarafshon shahar xalq ta'limi bo'limining ishchi guruhi tuzilib, ishchi guruh tomonidan 2018 yil "Obod mahalla” dasturi doirasida qo'shimcha bino qurilgan 2 ta umumiy o'rta ta'lim maktabi o'rganildi. Ijtimoiy kanalga chop etilgan fotolavha 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi 4-sinf o'quvchilari bo'lib, holat 3 sentyabr kuni o'quvchilar kitoblarini olishga kelgan va kitoblarini sumkalariga joylashtirish jarayoni bo'lgan. Zarafshon shahrida 12 ta umumta'lim maktabi mavjud bo'lib, oxirgi 2 yil ichida 5 ta umumta'lim maktabi "Obod mahalla”, "Obod qishloq” dasturi doirasida mukammal ta'mirlangan. O'quvchilar soni ko'p bo'lgani uchun 2018 yilda 3 ta maktablarga qo'shimcha binolar qurilib foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimining 2019 yil 15 iyuldagi F-47-sonli Farmoyishiga ko'ra, 2019 yilgi "Obod qishloq”, "Obod mahalla”, "Obod markaz” davlat dasturlariga kiritilgan jami 27 umumta'lim maktablarini zaruriy jihozlar bilan jihozlash xarajatlari uchun dastlabki 1,5 mlrd. so'm mablag' ajratildi va 14 ta umumta'lim maktablariga zaruriy jihozlar etkazib berildi. Shuningdek, mazkur maktabning yangi qurilgan qo'shimcha binosi 2019 yil 3 sentyabr kunining ikkinchi yarmida vaqtinchalik (yangi o'quv jihozlari etkazib berilguniga qadar) Zarafshon shahrida joylashgan bugungi kunda faoliyati to'xtatilgan kasb-hunar kollejlardan etarlicha parta, stol va doskalar bilanta'minlandi. Maktabda o'quv jarayonlari joriy yilning 4 sentyabr kuni to'liq jihozlangan holda boshlandi.
   Yuqoridagilarga asosan viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Zarafshon shahar 2-umumta'lim maktabi yangi qurilgan qo'shimcha o'quv binosiga jihozlar etishmasligi ("Navoiy Kanal” ijtimoiy kanalining yangiliklarida uzatilgan) yuzasidan yuborilgan murojaatini asossiz deb hisoblaydi.

 Boshqarma matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar