INNOVATSIYADAN TA'LIM SAMARADORLIGI SARI

INNOVATSIYADAN TA'LIM SAMARADORLIGI SARI


O'QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASH, IJOD ETISH VA IZLANISHGA YO'NALTIRISH
    "Bu–mening maktabim: Innovatsion g`oyalar olamidan ta’lim samaradorligi sari…” mavzusidagi amaliy taqdimot seminari Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida 24-noyabr kuni o'tkazildi.
       Tadbir avvalida ishtirokchilarga "Bu mening maktabim…”  mavzusida maktab o'quvchilarining кompozitsion chiqishlari taqdim etildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar bilim maskani pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishini o‘rgandilar. 
         Maktabning izlanuvchan va ilg‘or  o‘qituvchilaridan G.Rajabova rahbarligida "Iqtidorlar ichra iqtidor yulduzlari…” klubida iste’dodli yoshlar faoliyati hamda  M. Po`latova, B. Hamdamov,                S. Shodmonovlarning "Abituriyent shtabi”,   G. Turayeva va S. Qilichevning "Innovatsion didaktika… qoyil, hamma hayratda!”, S. Norbo`tayevning  "Hikmatlar sarhadidan – sahnagacha”, J.Shuhratov va E. Yaxshimurodovaning " Dunyo dinlari o`quvchilar tafakkurida”,  R. Abdiyevning "Internet va ta`lim” mavzusidagi loyihalari doirasida pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatidagi yangilik, o'zgarishlar kiritilishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Tajribali pedagoglardan R.Ro`ziyeva va Sh.Salohiddinova ta’lim samaradorligini oshirishda fanlar bo‘yicha qo‘shimcha metodik adabiyotlarning ahamiyati hamda bunga ota-onalar va o‘quvchilarning munosabati qay darajada ekanligi  "Samarali metodik qo`llanma ota-ona va o`quvchi nazdida” mavzusidagi jarayon orqali ko’rsatib berildi. 
   Seminarda o'quvchini mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga yo'naltirish, o'quvchilarning  ta'lim  jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlari so'nmasligini ta'minlash hamda ularning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishga erishish omillarini ishtirokchilarga ko'rsatib berildi. 
   Bu ta'lim muassasasida amaliyotga tatbiq etilayotgan loyihalar faqat o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshirilishi, o'quvchilarning jamoa bo'lib fikr yuritishlari uchun imkoniyat yaratilganligi bilan katta ahamiyat kasb etdi, bu loyihalar taqdimot va mashg'ulotlar orqali ochib berildi. 

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi metodisti    Madina Qudratova    

O'xshash yangiliklar