“UMIDIMIZ YULDUZLARI” FESTIVALI

“UMIDIMIZ YULDUZLARI” FESTIVALI

"UMIDIMIZ YULDUZLARI” FESTIVALI


Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, umumta`lim maktablarida ta`lim olayotgan iqtidorli bolalarni kashf etish, ularning iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish hamda ularni har tomonlama qo’llab – quvvatlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida "Umidimiz yulduzlari” festivalini uch bosqichda o‘tkazish belgilandi. Ayni kunlarda festivalning tuman va shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu tadbirning Navoiy shahar bosqichi 27-noyabr kuni 8-maktabda bo’lib o’tdi. Festivalning maktab bosqichida faxrli o‘rinni egallagan boshlang`ich sinf o’quvchilari ishtirokidagi bu tantana dastlab iqtidorli o’quvchilarning ijodiy ishlari ko’rgazmasi bilan boshlandi. Bu tadbirda festivalning maktab bosqichida "Mening xatim chiroyli”, "So’z sehri”, "Знаток русского языка”, "Xorijiy til bilimdoni”, "Quvnoq matematiklar”, "Grossmeyster”, "Mening birinchi ixtirom”, "Bo`lajak musavvir”, "Sehrli soz sohibiman”, "Jozibali raqs” yo`nalishlari bo`yicha bir nafardan g`olib bo’lgan 10 nafar o`quvchidan iborat maktab jamoalari qatnashdi. Festival yakunida ishtirokchi jamoalar orasidan alohida iqtidorga ega bo`lgan o`quvchilar "Jajji xattot”, "Yosh ijodkor” "Rus tili bilimdoni”, "Mohir tarjimon”, "Matematika bilimdoni”, "Jajji grossmeyster”, "Yosh ixtirochi” "Kichik mo`yqalam sohibi”, "Iste`dodli cholg`uchi”, "Kichkintoy raqqos” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, festivalning I va II bosqichida faxrli o`rinlarni qo`lga kiritgan jamoalar diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

 

X.Utaganova

O'xshash yangiliklar