PISA BO'YICHA SEMINAR

PISA BO'YICHA SEMINAR

  Navoiy viloyatida 2021-yil 3-mart kuni barcha tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi xalqaro tadqiqotlarga yo'naltirilgan tayanch maktablarida "Xalqaro PISA dasturida tabiiy fanlar savodxonligi: tadqiqotga tayyorgarlik, muammo va echimlar” mavzusidagi seminarlar tashkil etildi. Seminarga Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fan yo'nalishidagi professor o'qituvchilari, viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazining professor o'qituvchilari hamda tuman (shahar)lardagi barcha ta'lim muassasalaridan 2055 nafar geografiya, biologiya, fizika, kimyo fani o'qituvchilari qatnashdi.
Seminarlarda o'qituvchilar 4 ta sho''baga bo'linib, quyidagi mavzulardan mahorat darslarni, ochiq darslarni tashkil etdilar. Jumladan: "Axborotnoma-2” taqdimoti, "PISA Xalqaro tadqiqotining fizika fani savodxonlik yo'nalishiga asosiy tushunchalar”, "Veneraning tranziti” Grand Kan'on”, "Qiyalikni tadqiq etish”, "Er osti suvlarini olish va zilzilalar”, "Barqaror baliqchilik va issiq havoda yugurish”, "Asalarilar”, "Shamol hisobiga energiya ishlab chiqarish va meteoritlar, kraterlar.
Seminardan asosiy maqsad o'quvchilarni kreativ fikrlashga o'rgatish, tabiiy fanlardan masalalarni echishda test.tsm.uz platformasi bilan ishlash, kimyo, fizika, biologiya, geografiya faniga qiziqtirishda hayotiy masalalardan samarali foydalanish hamda 2022-yilda bo'ladigan Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rishda tabiiy fanlarning o'rnini oshirish.
Bu kabi seminarlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko'zlangan maqsadida ta'kidlanganidek, fan o'qituvchilarining bilim darajasini ko'tarish, o'qituvchilar orasidan ilg'or va tashabbuskor o'qituvchilarni aniqlash, ta'lim jarayonida ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muqobil metodlarni o'rganish, o'qituvchilardagi ijodiy va kasbiy qobiliyatlarni ro'yobga chiqarish hamda ularni qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro ekspertlarning fikriga ko'ra, xalqaro tadqiqotlarda yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda 2 maqsadga ega bo'lish kerak: birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta'lim sifati o'qituvchilarning kasbiy darajasiga bog'liq, deb aytishmaydi. Demak, o'qituvchilarni tayyorlashga mablag' ajratish va yangi o'quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investisiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o'qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun biz o'qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta'limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o'qituvchilarni ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta'minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va biz hozir to'g'ri yo'ldamiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to'plamlarni chop etildi. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo'layotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.
PISAda ishtirok etish O'zbekistonga nima beradi?
PISA natijalari 2023-yil oxirida e'lon qilinadi. Bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi.

O'xshash yangiliklar