KITOB-MA'NAVIYAT XAZINASI

KITOB-MA'NAVIYAT XAZINASI


Barchamizga ma’lumki, kitob insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki va mislsiz xazinasidir. Kitob o‘qish jarayonida insonning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosi boyib boradi, nutqi o‘sadi, qalbida insoniylik, go‘zallik tuyg‘ulari barq ura boshlaydi. Yosh avlodni sog‘lom fikrli qilib tarbiyalash, turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash hamda kitobxonlikka o‘rgatib borish har bir ota-ona va pedagoglarning vazifasidir. Shuni inobatga olgan holda, yaqinda maktabimizda "Istiqbol g‘unchalari” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda "Kitob – ma’naviyat xazinasi” rukni ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 7-, 8-sinf o‘quvchilari tomonidan kitobga ta’rif berildi va mavzuga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. So‘ngra tadbir ishtirokchilari "Kitobga mehr qanday uyg‘onadi?” degan savolga o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. O‘quvchilar so‘nggi marotaba ozlari o‘qigan o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, yosh qalamkashlardan 6-sinf o‘quvchisi Gulasal Ozodova, 8-sinf o‘quvchisi Zarina Isroilovalar o‘z ijodidan namunalar o‘qib berishdi.

"Istiqbol g‘unchalari” gazetasi tahririyati ijodiy xodimlari, maktabimizning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Botir Nazarovkitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘z mulohazalarini bildirishar ekan, o‘quvchilik davrida o‘qigan kitoblari haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, istiqlol yillarida yosh avlodning ma’naviyatini oshirish maqsadida lotin alifbosida chop etilgan o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini doimiy mutolaa qilishlarini tavsiya etishdi.

– Ta’lim dargohimizda mana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam o‘tkazilishi an’ana tusini olgan, – deydi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Hulkar Fayziyeva. – Bugungi tadbirning qiziqarli, jonli o‘tishida "Istiqbol g‘unchalari” gazetasi ijodiy xodimlarining ham ishtirok etishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni damda maktabimizda O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Tadbirlarimizga viloyatimizdagi taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar va tahririyatlardan jurnalistlarni hamtaklif qilish niyatimiz bor. Sababi,hamkorlikdatashkiletilganharqandaytadbirlaro‘zining qamrovi kengligi hamda qiziqarli o‘tishi bilan boshqa tadbirlardan ajralib turar ekan.

Davra suhbati yakunida o‘quvchilar sinflarda tashkil etilgan kutubxonalarniqiziqarlibadiiykitoblarbilanyanadaboyitishga,harbiro‘qilgan kitob bo‘yicha sinf miqyosida kitobxonlik kechalarini o‘tkazishga kelishib olishdi.

Dilbar JUMAEVA,

Navbahor tumanidagi 14-maktab o‘qituvchisi.

O'xshash yangiliklar