YANGI G'OYALAR AMALDA

YANGI G'OYALAR AMALDA

Ta'lim tizimining sifat samaradorligini oshirish, yosh avlodni bugungi zamon talablariga to'la javob bera oladigan iqtidor egalari qilib tarbiyalash, zamonaviy innovasion usullarni dars jaryoniga tadbiq etish, dars jarayonlarida samarali foydalanish maqsadida joriy yilning 28 noyabrda Navoiy shahridagi 12-DIUM da "Tabiiy fanlarni o'qitishda innovasiya: muammo va echimlar” mavzusida viloyat miqyosida o'quv-uslubiy seminar tashkil etildi. Maktabda payshanba rus tilida so'zlashish kuni bo'lib, tashrif buyurgan mehmonlar rus tilidagi qo'shiqlar va o'yinlar bilan yuqori ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi hamda muloqot rus tilida olib borildi. Maktabning har bir qavatida o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan fanlardan yaratilgan innovasion usuldagi ko'rgazmalar taqdimotlari bilan tanishdilar. Maktabning kimyo fani o'qituvchilari J.Sharopov, M.Amonova, biologiya fani o'qituvchisi A.Toshniyozov, fizika fani o'qituvchisi A.Amonovlar tomonidan innovasiyalar asosida mahorat darslari hamda darslarni yanada qiziqarli usullarda o'tkazish uchun mavzular asosida tayyorlagan taqdimotlari taqdim etildi.
J.Sharopov o'quvchilarni kimyo faniga qiziqtirish va to'g'ri tashkil etish uchun quyidagilardan foydalanishni tavsiya qildi. Darsni ibratli hikoyadan boshlashni, qiziqarli faktlardan foydalanishni, elementlarni karikatura bilan tanishtirishni, virtual laboratoriyalardan hamda maxsus reaktivlar talab qilmaydigan qiziqarli tajribalar asosda o'tish haqidagi taqdimotni taqdim etdi.
A.Toshniyozov "Odam va uning salomatligi” fanidan o'tiladigan boblar bo'yicha takrorlash darslarida "Yashil quti” usulida dars o'tishni tushuntirib, bu usuldan hamma fanlardan foydalanish mumkinligi to'g'risida taqdimot qildi.
Seminarga Navoiy Davlat pedagogika Instituti, MOI ning tabiiy fanlar bo'yicha katta o'qituvchilari, viloyat xalq ta'limi tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim makatabi direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari fan o'qituvchilari, fan metodistlari tashrif buyurdilar.
Ko'rsatib o'tilgan taqdimotlar, mahorat darslari haqida o'zlarining taklif va mulohazalarini bildirish bilan birgalikda 12-DIUM rahbariyatiga, o'qituvchilariga minnatdorchilik bildirdilar. Seminar yakunida tashrif buyurgan o'qituvchilarga o'tkazilagn mahorat darslari va taqdimotlarning elektron variantalari disklarda tarqatildi.

Metodik xizmat bo'limi metodisti M.Ostonova

O'xshash yangiliklar