BO'SHLIQLAR ANIQLANDI VA TAHLIL ETILDI

BO'SHLIQLAR ANIQLANDI VA TAHLIL ETILDI

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan  fan o‘qituvchilarini bilim darajasini ko‘tarish, o‘qituvchilar orasida ilg‘or, tashabbuskor va iqtidorlilarni aniqlash, aniq fanlar (matematika va informatika) o‘qitilishida yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlash, o‘qituvchilarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatishni muntazam yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalarida iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi "Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 11 mart kuni viloyat miqyosida matematika va informatika fani o‘qituvchilarga ZOOM platformasi orqali navvxtb-test.uz platformasida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 
   Viloyat miqyosida o‘tkazilgan onlayn o‘quv seminarini viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Kodirov ochib berdi. Ushbu o‘quv seminarini tashkil etish maqsad va vazifalari xususida gapirib o‘tdi. Seminarda viloyat xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan tayanch maktab trener o‘qituvchilari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi metodistlari ishtirok etishdi. O‘quv seminar savol-javob va muhokamalarga boy tarzda o‘tkazildi. 
   Shuningdek, seminarda Navoiy qorako‘l maktabining matematika fani o‘qituvchisi Zafar Jumayev o‘zining "Tenglamalar bilan ishlash” mavzusida taqdimoti hamda misol va masalalarni amaliy yechimlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Xuddi shunday, Navoiy shahar 17-maktabning matematika fani o‘qituvchisi Alisher Jo‘rayev "To‘plamlar” mavzusiga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Navoiy shahar 17-maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Sarvar Murodullayev tomonidan viloyat xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan informatika fani o‘qituvchilariga o‘zining "Pyton dasturlash tilida funksiyalar bilan ishlash” mavzusidagi taqdimotini namoyish qildi. 
   Bundan tashqari, matematika va informatika fani o‘qituvchilaridan navvxtb-test.uz platformasi orqali olingan testlar natijalarida aniqlangan bo‘shliqlar yuazsidan tegishli tartibda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Viloyat xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan matematika va informatika fani o‘qituvchilari kasbiy mahoratlarini oshirish yuazasidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

O'xshash yangiliklar