PEDAGOGLAR O'RTASIDA VELOMARAFON

PEDAGOGLAR O'RTASIDA VELOMARAFON

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 20 sentabr kuni "Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalari to'g'risida" o'tkazilgan yig'ilish bayoni ijrosi hamda viloyatimizdagi korxona, tashkilot va muassasalar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida "Biz giyohvandlikka va OITSga qarshimiz" shiori ostida xalq ta'limi rahbar  xodimlari  va  o'qituvchilari  o'rtasida   joriy  yilning
1 dekabr kuni Navoiy shahrida velomarafon sport musobaqasi o'tkazildi.  Mazkur velomarafon sport musobaqasiga 400 dan ortiq xalq ta'limi xodimlari faol ishtirok etishdi. Ushbu velomarafon musobaqasi xalq ta'limi xodimlari o'rtasida o'tkazilishi doimiy an'anaga aylangan.
 
Boshqarma matbuot xizmati. 

O'xshash yangiliklar