Shaxmat sport turi bo‘yicha yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan qahramonimiz Shokirjonova Barchinoy Ziyovuddin qizi 2007 yilning 25 aprelida tug‘ilgan. Ayni paytda 14 yoshni to‘ldirayotgan shaxmatchi qiz Navoiy shahridagi 2-umumta’lim maktabning 7-sinfida ta’lim va tarbiya olmoqda. Tabiatan bosiq va intiluvchan.
Barchinoy shaxmat bilan kichik yoshligidan shug‘ullanib keladi. 2017 yilda 10 yoshli qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni egallagan.
2018 yil Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek Respublika miqyosidagi barcha musobaqalar g‘olibasi hisoblanadi.
Navoiy viloyati sharafini respublika bo‘yicha shaxmat yo‘nalishida 1-o‘ringa olib chiqmoqda. 2019 yil maktab o‘quvchilari o‘rtasida Osiyo chempionatida 13 yoshlilar orasida 3-o‘rinni egallagan. 2021 yil 14 yoshgacha qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida standart, rapid va blis yo‘nalishlarida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Standart yo‘nalishida Jahon chempimonati bo‘lib o‘tadigan Batumi shahriga, rapid yo‘nalishida Gruziya davlatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yosh shaxmat malikasiga omad tilab qolamiz.