TASHABBUS DAVR TALABI

TASHABBUS DAVR TALABI

  Joriy yilning 30 mart kuni Navoiy viloyati, Navoiy shahar "Barkamol avlod” bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Karabayev Murod Alimovich, boshqarma mutaxassisi Baxrom Aminov tomonidan Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi "Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, bolalar maktablarida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis xodimlar uchun viloyat o‘quv seminari tashkil etildi. 
 O‘quv seminarida Maktabdan tashqari ta’lim, sport va turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i M.Karabayev taqdimoti asosida "Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati yo‘nalishlari, to‘garaklar faoliyati samaradorligi, "Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyatini tashkil etishdagi ustuvor va istiqboldagi vazifalar belgilab berildi. 
 Shuningdek, ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda tuman (shahar) "Barkamol avlod” bolalar maktablarida mavjud muammolar, takliflar o‘rganildi. 
 Kunning ikkinchi yarmida Navbahor tumanidagi 1-, 6-umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda tuman "Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maqsadli tashkil etish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 O‘tkazilgan viloyat o‘quv seminari o‘zining nazariy va amaliy jihati bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O'xshash yangiliklar