KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

KONSTITUTSIYA BAXTIMIZ QOMUSI

  "Men shu aziz yurt farzandiman, men ulug' zotlarning avlodiman, buyuk tarix va madaniyat egasiman” mavzusidagi tuman amaliy seminari.
   Viloyatimizdagi ta'lim muassasalarda dekabr- Milliy g'oya turkumiga kiruvchi fanlar oyligi sifatida o'tmoqda. Oylikdan ko'zlangan asosiy maqsad kelajagimiz egalariga boy tariximiz, ajdodlarimiz hayoti, ularning bemisl merosi va xalqimiz o'tmishini mukammal o'rgatish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirishdan iboratdir.
    Viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2018 yil 23 noyabrdagi 220-sonli buyrug'i asosida Karmana tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligi va dekabr- "Milliy g'oya turkumiga kiruvchi fanlar oyligi” doirasida "Men shu aziz yurt farzandiman, men ulug' zotlarning avlodiman, buyuk tarix va madaniyat egasiman”mavzusidagi tuman amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Amaliy seminarda 5-maktab Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani o'qituvchisi Akramova Gulhayo 8-sinflarda Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fanidan "Millatlararo totuvlik” mavzusida, 5-maktabning odobnoma fani o'qituvchisi Mansurova Saodat 2-sinflarda "Yaxshi fazilatlar” mavzusida, 5-maktabning Davlat va huquq asoslari fani o'qituvchisi Rabbimova Rohila va 21-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi 8-sinflarda Davlat va huquq asoslari fanidan "Davlat boshlig'i” mavzusida, 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Kamolova Durdona odobnoma fanidan 3-sinflarda "Saxiylik va baxillik. Sovg'a olish va sovg'a berish odobi.” mavzularida an'anaviy va noan'anaviy darslar tashkil etdilar. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Men shu aziz yurt farzandiman, men ulug' zotlarning avlodiman, buyuk tarix va madaniyat egasiman” mavzusida tadbir havola etildi.
 Eng muhimi, amaliy seminarda ishtirok etgan o'qituvchilar o'zlariga ko'pdan ko'p taassurotlar bilan qaytishdi.



Metodik xizmat bo'limi metodisti M.Sharipova 

O'xshash yangiliklar