QIZLARJON SAMMITI BO'LIB O'TDI

QIZLARJON SAMMITI BO'LIB O'TDI

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son Farmoni xamda Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 27 fevraldagi 73-sonli buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2019 yil 11 martdagi 49-sonli buyrug'i qabul qilindi. Shunga asosan viloyatning barcha tuman, shaharlari ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 8-11-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida 14 mart kuni saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Saralash bosqichida sammitda ishtirok etish istagini bildirib anketa topshirgan 99 nafar o'quvchi qiz ishtirok etdi. Nominasiyalar bo'yicha 9 nafar o'quvchi qizlar tanlab olindi va Respublika ishchi guruhiga anketalari taqdim etildi.
2019 yil 6 aprelь kuni umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida "Qizlarjon”, o'quvchi-qizlar viloyat sammiti Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o'tkazildi. Sammit ishtirokchilarini kutib olish bilan boshlandi. Maktabning kirish ыismida"Sehrli qo'llar” ko'rgazmasi tashkil etilgan bo'lib, "Qizlarjon” klubi a'zolarining ijod namunalari (zargarlik, hunarmandchilik, tikuvchilik va h.) bilan ishtirokchilar tanishib chiqdilar. "Raqslar guldastasi” musiqiy kompozisiya. "Qizlarjon” klubi iste'dodli qizlarining chiqishlari mehmonlarni xushnud etdi.
Sammitning ochilish marosimida tashkilot rahbarlarining tabrik so'zlari tinglandi va 2019 yil Zulfiyaxonim Davlat mukofotlari sovrindorlarining tabrik so'zlari ham o'tirganlarni ruhlantirdi. Sammitda seminar treninglar tashkil qilindi. Jamoani shakllantirish va jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalari, o'ziga ishonchni oshirish bo'yicha psixologik treninglar tashkil etilib, ishtirokchilar 4 guruhga ajratildi.
1-guruh: TED-Ed klublarini tashkil etish va yuritish sirlari.
2-guruh: Soft skills (Yumshoq qo'nikmalarni rivojlantirish).
3-guruh: Zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tadbiq etish usullari.
4-guruh: Innovasion menejment, marketing va PR orqali investisiyalarni jalb etish kabi mavzularda treninglar tashkil etildi.
Viloyat sammitida 100 nafardan ortiq iqtidorli qizlar ishtirok etishdi. 

O'xshash yangiliklar