YUTUQLAR MUBORAK

YUTUQLAR MUBORAK

Joriy yilning 8 aprel kuni Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-son umumta’lim maktabiga rahbarlik qilayotgan Tursunoy Xalilova "Bir million dasturchi” loyihasida maktab o‘quvchilari qayd etgan yuqori natijalari uchun "Prezident sovg‘asi” — "Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Hozirda Navoiyda 35 mingdan ortiq o‘quvchi zamonaviy dasturlashni o‘rganmoqda, 18 567 nafari "Bir million dasturchi” loyiha doirasida sertifikatlarini qo‘lga kiritgan. 

Maktabning bir qator informatika fani o‘qituvchilariga 
"Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni, noutbuk hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Ta’kidlash joizki, 2020 yil yakunlari bo‘yicha "Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eng faol informatika o‘qituvchilari Navoiy hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hurmatli maktab rahbarlari!

Uzbekcoders.uz  (https://www.uzbekcoders.uz/)orqali "Bir million dasturchi” loyihasi doirasida siz ham maktabingiz o‘quvchilariga dasturlashni o‘rgating va avtomobil sohibi bo‘ling!

O'xshash yangiliklar