O'QUVCHILAR BILAN UCHRASHUV

O'QUVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Xalq ta’limi vaziri Karmanadagi maktablar faoliyati bilan tanishib, bitiruvchilar bilan suhbatlashdi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi maktablar holatini o‘rgandi.

2-son umumta’lim maktabi direktoriga «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida «Prezident sovg‘asi» «Spark» avtomobili topshirilgandan so‘ng mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishdi.

Xususan informatika xonasida dasturiy loyihalarini yaratgan iqtidorli o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Ular yaratgan loyihalar bilan tanishib, o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

5 ta tashabbus doirasida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, yosh ixtirochilar ijodi bilan tanishdi.

Shundan so‘ng vazir Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O'xshash yangiliklar