KUTUBXONACHILARGA AMALIY YORDAM

KUTUBXONACHILARGA AMALIY YORDAM

   Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2021 yil 15 martidagi 58-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda viloyatdagi ta’lim muassasalari kutubxonalarining faoliyatini takomillashtirish, mas’ul xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Uchquduq tumanidagi 20-umumta’lim maktabida "Axborot olish madaniyatini egallash va targ‘ib qilishda kutubxonachi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 
  Dasturga binoan tumandagi mavjud Axborot-kutubxona markazida mehmonda bo‘lib, seminar ishtirokchilaridan tuzilgan EVEREST jamoasi "ZAKOVAT" intellektual o‘yinida ishtirok etdi. Shundan so‘ng "Yoshlar kelajak markazi" kutubxonasiga sayohat uyushtirildi. Tuman markaziy kutubxonalarida kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
 Dastur asosida tumandagi 20-umumta’lim maktab kutubxonachisi H.Bahronova "Maktab kutubxonasida yangi innovasiyalar bilan buyuk kelajak sari" loyiha taqdimotini himoya qildi. Hamkasblar o‘rtasidagi tajriba almashish jarayoni qizg‘in bahs, muzokaraga boy bo‘ldi.
 Boshqarmaning darsliklar va adabiyotlar shoʻbasi rahbari I.Astanayev ta’lim muassasalarining kutubxonachilari ishtirokida o‘quvchilarni darsliklar bilan muntazam, sifatli ta’minlashni tashkil etish, kutubxonachilar ish samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb qilish yuzasidan bacha seminar ishtirokchilariga  o‘zining o‘rinli tavsiyalarini berib o‘tdi. 
 Uchquduq tumanida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarda kasb mutaxassislari o‘zaro metod va tajriba almashdilar, bu esa har bir kutubxonada ish unumdorligi hamda kitobxonlar qamrovi oshirishga ko‘mak bo‘ladi.

O'xshash yangiliklar