TASHABBUS

TASHABBUS

   Navoiy shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2019 yilning 18-19 aprel kunlari seminarlar tashkil etildi. Navoiy shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda xuquqiy va xuquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi” PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan "Bolalikdan komillikka” nomli hamda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi bo'yicha"Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ni rivojlantirish maqsadida "Sog' tanda sog'lom aql” mavzusidagi amaliy seminari, Navoiy shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-tashabbusi "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish” bo'yicha "San'at-did va nafosat yog'dusi” mavzusidagi Tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha amaliy seminari, Navoiy shahar 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2019 yilning19 aprel sanasida Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-tashabbusi "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish” musiqa yo'nalishi bo'yicha o'quv amaliy seminari, Navoiy shahar 11-DIUMda Xorijiy tillarni o'rganish hamda Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan 3-tashabbus "Kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish madaniyati” bo'yicha amaliy seminari, Navoiy shahar 12-DIUMda "Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan” 4-tashabbus bo'yicha, Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga bag'ishlangan seminari, Navoiy shahar 13-umumiy o'rta ta'lim maktabida Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning 1-tashabbusi "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarish” tasviriy san'at, teatr, musiqa yo'nalishi bo'yicha amaliy seminarlar namunaviy tashkil etildi. 

O'xshash yangiliklar