KITOB-MA'NAVIYAT KO'ZGUSI

KITOB-MA'NAVIYAT KO'ZGUSI

   Barchamizga ma'lumki, biz texnika rivojlangan "Axborot asri” da yashayapmiz. Axborotlar oqimi shunchalik rivojlanib ketdiki, ularning qaysi biri kerakli, qaysi biri foydali ekanligidan ikkilanib qolamiz. Internetga kirsangiz bo'ldi, istagan kitobingizning elektron variantini topishingiz mumkin. Ammo u kitobdagidek o'quvchiga zavq bermaydi. Qahramonlarning ichki kechinmalarini his qila olmaydi. 
   O'quvchilarning kitobga bo'lgan mehrini kuchaytirish orqali ularda yuksak ma'naviy fazilatlar, vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o'quvchining ongi tafakkurini teran, dunyoqarashini keng, qolaversa nutqini ravon qiladi. 
Bunday kishilar bilan muloqot qilish maroqli bo'ladi. Kitob bu guyoki nurga o'xshaydi. U insonlarni ezgulikka, mexr-muhabbat va ma'rifatli bo'lishga chorlaydi.
Bugungi kunda "O'rgimchak to'ri” deb nomlanayotgan internet yoshlarning bilim darajasini oshirish bilan birga ularning ongini ham zaharlayotganligi barchamizga ma'lum. Ommaviy madaniyatni targ'ib qiluvchi dasturlarga qiziqish kuchayib bormoqda. Buning natijasida o'quvchilar milliy madaniyat tushunchasidan yiroqlashmoqda. Bunda kitobning roli kattadir. Chunki ko'p kitob o'qigan inson har qanday yot ta'sirlardan aql bilim bilan himoyalangan bo'ladi, o'zida mafkuraviy immunetni hosil qila oladi. Shuning uchun yoshlarimizni kitob o'qishga da'vat etishimiz, shu yo'l bilan ularni buyuk kelajak sari boshlashimiz darkor. Bolani kitobxon darajasiga ko'tarishda quyidagilarga amal qilishimiz kerak.
   Maktabda:
1. O'quvchiga beriladigan uy vazifasidan tashqari, birorta badiiy asarni o'qish va unga bo'lgan fikrini yozib kelish imkonini berish zarur. Yozilgan fikrlarni o'qituvchi yig'ib, asar o'qib bo'linganidan so'ng eng yaxshi fikr uchun o'quvchilarni rag'batlantirish zarur.
2. Maktabda sinflar o'rtasida badiiy kitob mutolaasi yo'nalishida turli bellashuvlar tashkil qilish zarur.
Jumladan, "Eng yaxshi kitobxon o'quvchi”, "Eng ko'p badiiy asar o'qigan o'quvchi”. 
4. Kitob o'qishga qiziqish bo'lmagan o'quvchilar bilan alohida ishlash zarur, uning oilaviy sharoitini o'rganib avvalo ota-onasini mutolaa qilishga undash zarur. Bu usul ko'p samara bermasligi xam mumkin
5. Ona tili darslarida badiiy adabiyotlardan muntazam ravishda foydalanish zarur. 
O'quvchilar o'zlari bilan birga badiiy kitob olib yurishlarini taqozo etadi.Har bir dars davomida yangi mavzusini mustahkamlash yoki takrorlash yuzasidan asardan foydalanish natijasida o'quvchining kitobga bo'lgan mehrini oshiradi.
Masalan "So'z yasovchi qo'shimchalar” mavzusini yoritishda biror asardan so'z yasovchilari mavjud so'zlarni topib daftarga yozish talab etiladi. Bundan tashqari "Bog'lovchilar” mavzusi orqali asardan kichik matn tanlab parcha tarkibidagi yuog'lovchilarni topishimiz zarur. Yoki grammatik tahlil jarayonda ham asarda berilgan gaplardan namuna yozib tahlil qilishimiz mumkin.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora oshib borayotganligi tufayli o'sib kelayotgan yosh avlod va bo'lajak mutaxassislarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga ega ekani, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash ta'lim-tarbiya muassasalari pedagog-o'qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. 


Uchquduq tuman xalq ta'limi bo'limi metodisti
Nasiba Tojieva

O'xshash yangiliklar