TIL BORKI, MILLAT BARHAYOT...

TIL BORKI, MILLAT BARHAYOT...


Ona tilimizning qiyosida olamcha ma'no bor. Ilk bor ona taftin sezgan murg'ak mo'jiza, ilk bor ona allasidan uyg'onganshuur, ilk so'zi ham "ona” bo'lar yorug' olamda,shuning uchun muqaddas bu til.Til –ajdodlar merosini biz avlodlarga ko'prik qiluvchi vosita.Til-butun bir xalqni ezgulikka, nurafshonlikka eltuvchi mayoqdir. Jonajon ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida, ta'lim maskanlarida, maktabgacha ta'lim muassasalarida ulkan shodiyonalar, badiiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar qizg'in davom etmoqda. Deyarli barcha tadbirlarda ona tilimizning sayqallanib, rivoj topishiga, uning jahon tillari orasida o'z o'rniga ega bo'lishiga ulkan hissa Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Mahmud Zamaxshariy,Mir Alisher Navoiy, Z.M.Bobur kabi mutafakkirlarimizning durdona asarlari va ularning hayot yo'llari teaerlashtirilgan sahna lavhalari orqali yoshlarga ibrat sifatida namoyish etilmoqda. 
Jumladan 14-oktyabr kuni Xatirchi tumani XTBga qarashli 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ham "Til borki, millat barhayot”deb nomlangan o'quv – amaliy seminari tashkil etildi. Seminarda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi metodik xizmat bo'limi boshlig'i D. Imomova, viloyat boshlang'ich ta'lim metodisti Sh.Raxmonova, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Tillar o'qitish kafedrasi katta o'qituvchisi G.Bozorova, Xatirchi tuman XTB mudirasi Sh.Qo'ldoshova, Xatirchi tuman hokimligi ijtimoiy masalalar bo'yicha hokim o'rinbosari A.Hosilov,Xatirchi tuman XTBMa'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mudir o'rinbosari Z.Ne'matov, Xatirchi tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va mehnat faxriylari ishtirok etishdi. 
O'quv-amaliy seminarda til bayrami munosabati bilan turli mavzularda ochiq darslar tashkil etildi. Seminar yakunida "Til borki, millat barhayot” deb nomlangan ma'naviy–ma'rifiy kecha tashkil etilib, unda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidan avvalgi ona tilimizga bo'lgan munosabat, kishilarning ruhiyati, paxta yakka hukumronligining ayanchli oqibatlari bugungi yosh avlodga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar sahna ko'rinishlari orqali namoyish etildi va taqqoslandi. 
O'zbek tilining rivojiga hissa qo'shgan ulug' allomalarimizning sahnaga tashrif buyurishi, ayniqsa yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O'quv-amaliy seminarda har bir ishtirokchi "Til –millatning qalbi, qudratli quroli, undan mohirona foydalanilsa mo'jizalar yaratishi, ona tilimizning bitmas-tugamas boyligidan unumli foydalanish, uning sofligi va to'g'riligini saqlash har bir kishining oliyjanob burchi ekanligini anglashdi.

O'xshash yangiliklar