MUNOSABAT

MUNOSABAT

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida aholi tomonidan o'tkazilgan yig'ilishi (SizdanTelegram ijtimoiy kanalining yangiliklarida uzatilgan) yuzasidan viloyat
xalq ta'limi boshqarmasining munosabati

   Mazkur holatga aniqlik kiritish yuzasidan 2019 yil 15 oktabr kuni viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, Xatirchi tumanidagi 56-umumiy o'rta ta'lim maktabiga borilgan holda o'rganish o'tkazildi.
Xatirchi tumanidagi 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida direktor Qurbonova Xayriniso tomonidan ta'lim-tarbiyaning sifatini oshirishga qaratilgan ishlarning olib borilayotganligi hamda maktab direktori X.Qurbonova o'zining turmush o'rtog'i Qurbonov Abrorni ishga qabul qilinganligi ushbu hududda istiqomat qiladigan aholining noroziligini keltirib chiqargan.
   Ushbu holat yuzasidan Xatirchi tumani xalq ta'limi bo'limi mudiri Sh.Qo'ldosheva 56-umumiy o'rta ta'lim maktabiga 2019 yil 17 sentabr kuni borgan holda maktab o'qituvchilari hamda hudud aholisi bilan uchrashgan. Shuningdek, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu hududda istiqomat qiladigan aholi bilan 2019 yil 15 oktabr kuni umumta'lim maktabiga borib, quyidagilarni aniqladi. Jumladan, ishchi guruhi rahbari a'zolari 56-maktab direktori X.Qurbonova bilan ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etishda ta'limga oid normativ hujjatlar mazmun-mohiyati to'g'risida suhbatlashilganda maktab direktori X.Qurbonovaning bilim va salohiyati umuman talabga javob bermasligi aniqlandi. Bundan tashqari fuqarolar bilan olib borilgan uchrashuvda fuqaro Boboqulov Salohiddin Pardaevich so'zga chiqib 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim sifati yaxshi emasligi, maktab direktori tomonidan ta'lim sifatini ko'tarishga qaratilgan ishlar o'z holiga tashlab qo'yilganligi hamda bugungi kunda 56-maktab tumandagi 88 ta maktablar ichida reytingi o'yicha 84-o'rinda turganligini bildirib, maktab direktori X.Qurbonova o'z ishiga noloyiqligini bildirdi.
Shuningdek, fuqarolar Mirzaeva Qunduz, Ismoilov Oblaqul, Do'sboev Akbar, Samadov Azamat Do'sboev Yaxyolar so'zga chiqib 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim sifati yaxshi emasligi fan o'qituvilari tomonidan darslar o'z vaqtida o'tilmasligini maktab direktori X.Qurbonova bunday holatlarga ko'z yumib kelayotganligini, o'tgan 2018-2019 o'quv yilida 11-sinfni bitirgan 16 nafar o'quvchilarning birortasi oliy o'quv yurtlariga kira olmaganligini bildirib, 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida ta'lim sifatini ko'tarish uchun maktab direktori X.Qurbonova ishdan ketishi kerakligini bildirdi.
  Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri tomonidan 2018 yil 26 dekabrda 16-mh-son bilan (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan, ro'yxat raqami 3118., 2019 yil 11 yanvar) tasdiqlangan buyruqga asosan 56-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan kuzatuv kengashining raisi va a'zolari bilan gaplashilganda kuzatuv kengashi raisi va a'zolari ham 56-maktabda ta'lim sifatining yaxshi emasligi o'qituvchilar tomonidan darslar o'z vaqtida o'tilmasligini va amalga oshirilayotgan ishlarni to'laqonli nazoratga olmayotganligi sababli maktab direktori X.Qurbonovani ishdan ketishi to'g'risida yig'ilish qarorini qabul qilgan.
  Yuqorida bildirilgan holatlardan kelib chiqib, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi maktabning kuzatuv kengashining qarorini asosli deb hisoblab, boshqarmaning 2019 yilning 16 oktyabrdagi 344-KB-sonli buyrug'i bilan maktab direktori Qurbonova Xayriniso Abdumurodovna bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilinganligini ma'lum qiladi.
   Kelgusida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish bo'yicha nazorat ishlarini kuchaytiradi.


Boshqarma boshlig'i N.Ulug'berdiev

O'xshash yangiliklar