MAKTAB ISHI-UMUMXALQ E'TIBORIDA

MAKTAB ISHI-UMUMXALQ E'TIBORIDA

  Rivojlangan, yuksak taraqqiy topgan mamlakatlarning barchasi ta’limga e’tibor qaratganligi, yoshlarning tafakkuri, aqliy qobiliyatlari va davlat rivojiga daxldorligini ta’minlay olgani uchun shu darajaga yetgan. Bugun dunyo bo‘yicha dasturchilari peshqadam bo‘lgan Hindiston, Osiyo yo‘lbarslari Singapur, Malayziya kabi davlatlar ta’limga juda katta moliyaviy sarmoya tikkan.
 Davlat rahbarining 2020-yilning oxirlarida ta’lim sohasini tubdan rivojlantirishga oid 2 ta hayotbaxsh me’yoriy hujjatni imzolagani, sohada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgani, xorijiy ilg‘or tajribalarni tadqiq etish va milliy pedagogika bilan uyg‘un holda joriy etish kabi ishlar albatta, o‘z samarasini beradi. 
  Navoiy viloyat hokimligi tomonidan umumta’lim maktablarning shaklu shamoyilini o‘zgartirish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida direktorlar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirish ishlariga bosh qo‘shayotgani ayni muddao bo‘lmoqda. Kecha viloyat hokimining o‘rinbosari Ya.Dushanov va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Shamuratov Konimex tumanidagi 22-, 26-, 29-umumta’lim maktablarga borib, pedagogik jamoa bilan uchrashdi. Ularning hayotiy muammolari bor-yo‘qligi, o‘qitish jarayoni, intizom va davomat singari birinchi darajali masalalar ularni qiziqtirdi. Bitiruvchi o‘quvchilarning istaklari o‘rganildi. 
Navbahor tumanida ham bo‘lib, 14- va 23-maktablar ko‘zdan kechirildi. Zaruriy tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilab olindi. 

O'xshash yangiliklar