NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTIGA SAYOHAT

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTIGA SAYOHAT

  Navoiy shahar 11-sonli AFCHO'IMning Navoiy davlat konchilik instituti talabasi bo‘lishga ahd qilgan kimyo-biologiya fanlarini chuqur o'rganayotgan 11-"M" sinf o‘quvchilari bilan institutga sayohat tashkil qilindi.
   O'quvchilar OTM va kasbga oid savollariga mutaxassislar va talabalar tomonidan yetarlicha javob oldilar. Kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri professor H. Vafoyev, analitik fizika-kimyo fanlari o'qituvchisi dotsent T.Aliyevlar tomonidan  institut tarixi, o‘quv jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institut jamoasi erishayotgan yutuqlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'ldilar.

O'xshash yangiliklar