TA'LIMDA TAJRIBA MUHIM

TA'LIMDA TAJRIBA MUHIM

Yil davomida qilingan mehnatning samarasini ko‘radigan dolzarb palla tobora yaqinlashib kelmoqda. Xalq ta’limi sohasini rivojlantirish, zamonaviy va xalqaro tajribalarni tadbiq etish, o‘qituvchilar ning hayotiy stimullarini oshirishga qaratilgan ishlar o‘z natijasini albatta ko‘rsatadi. 
 Karmana tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri N.Sodiqova boshchiligida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari Navoiy shahridagi fizika, matematika va ingliz tili o‘qitishga ixtisoslashgan  maktab-internat (Qorako‘l maktabi)iga o‘zaro tajriba almashish uchun borishdi. 
 Ushbu tashrif davomida Qorako‘l maktab-internatida o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qituvchi va pedagoglarning dars o‘tish metodikalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, tumandagi 31 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirish ko‘rsatkichini qanday qilib ko‘tarish mavzusida maktab-internati jamoasi bilan fikr almashish hamda maktab-internati tajribasini boshqa maktablarda ham ommalashtirish to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat yakunida o‘zaro hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib olindi.

O'xshash yangiliklar