AHOLI MUROJAATLARI ESHITILDI

AHOLI MUROJAATLARI ESHITILDI

Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Uchquduq tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 iyun kuni Uchquduq tuman "Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 5-umumta’lim maktabida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shakarov Akmal Ismatovich va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Xalilov Jamshid Abdumajidovich ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida ota-onalar va fuqarolardan ta’lim sohasiga oid 15 ga yaqin murojaatlar tushgan bo‘lib, murojaatlarning 8 tasi joyida tushuntirish berish orqali yopildi, 4 tasi qisqa muddatda hal etilishi yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, 2 ta murojaat viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda hal etilishi rejalashtirilib olindi.

O'xshash yangiliklar