YOZ BOLAJONLARNING SEVIMLI DAVRI

YOZ BOLAJONLARNING SEVIMLI DAVRI

  2021 yil 1-10 iyun kunlari Navoiy viloyat Barkamol avlod bolalar maktabida 2021 yil yoz mavsumida bolalar yozgi oromgohlari va sog‘lomlashtirish maydonchalarida faoliyat yuritadigan pedagog xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha (36 soatlik) maxsus kursining o‘quv-seminarlarini tashkil etish rejalashtirildi. Xususan, 1-2 iyun kunlari "Oftobjon”, "Nimkon”, "Do‘stlik” stasionar oromgohlari bilan, 3-4 iyun kunlari "Ishonch”, "Bolajon” stasionar oromgohlari hamda "Bulbulcha”, "Mash’al” kunduzgi oromgohlari, 7-iyun kuni "Sarmish”, "Kelajak”, "Sug‘diyona” stasionar oromgohlarining pedagoglari bilan o‘quvlar tashkil etildi. Mazkur oromgohlar Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli, "Navoiyazot” AJga qarashli, hamda viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga qarashli bo‘lib, o‘quv-seminarlarda   oromgohlarning pedagog xodimlari ishtirok etdi. 
  O‘quv-seminarning maqsad, vazifalari va yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida davlatimiz rahbarining ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati to‘g‘risida Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodisti Rahmonova Shahlo Qahhorovna so‘zga chiqdi. Shuningdek    Sh. Rahmonova "Oromgohda ma’naviyat va ma’rifat xonasini jihozlash tartibi” haqida aytib o‘tdi. 
  "Yozgi oromgohlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” bo‘yicha viloyat Bolalar kutubxonasi bo‘lim mudiri L.Tursunova taqdimot qildi. "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” hamda oromgoh ma’muriyatining hamkorligi” mavzusida Karmana tuman 4-maktab yoshlar yetakchisi Z.Rahimov taqdimot qildi. "Bolalar yozgi oromgohlarida ishlarni rejalashtirish va ish yuritish tartibi” haqida Karmana tuman 4-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchishi G.Sharopova so‘zga chiqdi. "Oromgoh bosh yetakchisi va guruh yetakchilari vazifalari" to‘g‘risida Karmana tuman 4-maktab o‘qituvchisi S.Safarova taqdimot qildi. "Oromgohda bolalar bilan olib boriladigan ommaviy bayramlar va tadbirlarni o‘tkazish yo‘llari” bo‘yicha viloyat Pedagog xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazi o‘qituvchisi D.Haydarova o‘z ma’ruzasini qiziqarli harakatli o‘yinlar orqali o‘tkazib berdi.

O'xshash yangiliklar